Statistika agentligi Özbekistonning 2024 yil yanvar-aprel oylaridagi taşqi savdo aylanmasiga doir ma’lumotni e’lon qildi.

Qayd etilişiça, hisobot davrida respublika taşqi savdo aylanmasi (TSA) 20,9 mlrd dollarga yetgan. Bunda eksport hajmi 8,5 mlrd dollarni, import hajmi esa 12,4 mlrd dollarni taşkil etgan. Ötgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda eksport hajmi 9 foizga, import hajmi 3,9 foizga oşgan. Taşqi savdo salbiy saldosi esa 3,9 mlrd dollarga bölgan.

Xitoy Özbekistonning eng yirik savdo şerigi sifatidagi örnini saqlab qolgan. Hisobot davrida özaro tovar ayirboşlaş hajmi 3,96 mlrd dollarga yetgan. Bu respublika umumiy taşqi savdo aylanmasi hajmining 19 foizini taşkil qiladi. Şuningdek, taşqi savdo aylanmasining salmoqli qismi Rossiya (18,4 foiz), Qozoğiston (5,9 foiz), Turkiya (4,4 foiz) va Janubiy Koreya (3,3 foiz) bilan qayd etilgan.

2024 yilning yanvar–aprel oylarida Özbekiston taşqi savdo aylanmasida eng yuqori ulşga ega bölgan top-10 davlat:

  • Xitoy – 3,96 mlrd dollar;
  • Rossiya – 3,84 mlrd dollar;
  • Qozoğiston – 1,22 mlrd dollar;
  • Turkiya – 920 mln dollar;
  • Koreya – 695 mln dollar;
  • Fransiya – 386 mln dollar;
  • Germaniya – 345 mln dollar;
  • Afğoniston – 308 mln dollar.
  • Turkmaniston – 288 mln dollar;
  • Hindiston – 270 mln dollar.

Taşqi iqtisodiy faoliyat böyiça 20 ta yirik hamkor davlatdan beşta mamlakat – Fransiya, Afğoniston, Qirğiziston, Tojikiston va Pokiston bilan ijobiy taşqi savdo balansi kuzatilgan. Qolgan 15 ta davlat bilan passiv taşqi savdo balansi saqlanib qolgan.

E’tiborga molik jihati yanvar–aprel oylarida ötgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, quyidagi davlatlarga eksport hajmi sezilarli darajada köpaygan: Rossiyaga (811,5 mln dollardan 1 mlrd 21,4 dollarga), Fransiyaga (120,6 mln dollardan 264,6 mln dollarga), Afğonistonga (258 mln dollardan 301,4 mln dollarga). E’tiborga molik jihati, Markaziy Osiyo mamlakatlarning barçasiga mahsulot yekazib beriş qisqargan.