Rossiyadagilar Zelenskiy 20 maydan legitimligini yöqotdi deb hisoblamoqda. Bu haqda ukrainlarning özi qanday fikrda?
|01:11 / 22.05.202432 89712 min
2019 yilda Volodimir Zelenskiy beş yillik muddatga saylangandi. Agar u ikkinçi muddatga nomzodini qöymasa yoki yutqazsa, uning vakolatlari 2024 yilda yakunlanib, yangi davlat rahbari qasamyod qilişi közda tutilgandi. 20 may kuni Zelenskiy hokimiyatga kelganiga roppa-rosa beş yil töldi.
Ukraina prezidenti ma’muriyati / Planet Pix / ZUMA Press Wire / ScanpixUkraina prezidenti ma’muriyati / Planet Pix / ZUMA Press Wire / Scanpix
Özi gap nimada?
RF hukumati va uning ortidan rossiyalik propagandaçilar ham bir neça oydan buyon bitta tezisni takrorlab kelişmoqda — 2024 yil 20 mayidan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy göyoki rasman legitimlikdan mahrum böladi.
Masalan, 2024 yil 28 aprel kuni bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov şunday degandi: «Zelenskiyning taqdiri hal bölgan va tez orada köpçilik, jumladan Ukrainadagilar ham uning legitimligini şubha ostiga oladigan payt keladi… Nima bölganda ham, hatto yuridik nuqtayi nazardan ham şunday bölişiga töğri keladi. Va u qandaydir tarzda özini oqlaşga majbur böladi».
Bu haqda 2 may kuni Putinning yaqin kişisi va Ukrainada taqiqlangan rossiyaparast «Muxolifat platformasi — hayot uçun» partiyasi rahbari Viktor Medvedçuk ham gapirdi. Ukrainada Medvedçuk davlatga xiyonatda ayblangan, keng kölamli uruşning ilk kunlarida u uy qamoğidan qoçib ketgandi. 2022 yil aprelida uni uşlaşdi, keyinroq esa asirlikdagi ukrain harbiylariga almaştirişdi.
Putinning özi vaziyat yuzasidan ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirib, «bu masalada birinçi navbatda Ukrainaning siyosiy va huquqiy tizimi javob berişi lozimligi»ni ta’kidlagan. Bu vaqtda esa rossiyalik propagandaçilar öz auditoriyasini şunga işontirmoqda: 21 maydan «Zelenskiyning legitimligi töliq yakunlanadi» — va bu ham göyoki ukrainlarning öz mamlakati uçun kuraşiş istagiga ta’sir qilişi mumkin.
Ular nega Zelenskiy legitimlikni yöqotdi degan qarorga kelişdi?
Yuridik kolliziya (ziddiyat) tufayli. Rasmiy ravişda Zelenskiyning prezidentlik muddati haqiqatan ham tugadi. Uning inauguratsiya 2019 yil 20 mayida bölib ötgandi, Konstitutsiyaga köra prezident vakolati beş yil bilan çeklanadi. Şu bilan bir vaqtda, Ukraina konstitutsiyasining 108-moddasida prezident davlatning yangi rahbari saylanguniga qadar öz majburiyatlarini bajarişi şartligi körsatilgan. Keng kölamli uruşga qadar navbatdagi saylovlar 2024 yil 31 martida ötkazilişi belgilangandi, — ammo hozirga kelib saylov harbiy holat tufayli (uning amal qiliş muddati kamida 2024 yil 11 avgustiga qadar) qoldirilgan.
Zelenskiyning özi 2023 yilning ikkinçi yarmida ham saylovlar baribir ötkazilişi va yana öz nomzodini qöyişi haqida aytgandi. Şu bilan birga, u uruş şaroitida saylov uçastkalaridagi xavfsizlikni ta’minlaş juda qiyinligini ta’kidlagandi. Ukraina TIV rahbari Dmitro Kulebaning izohlaşiça, Zelenskiy frontdagi doimo vaziyat va boşqa şaroitlardan kelib çiqqan holda saylovni ötkazişning ijobiy yoki salbiy tomonlarini taroziga solgan.
Mavzuga oid
Natijada, 2023 yil 6 noyabr kuni prezident «hozir saylov vaqti emasligi»ni aytadi. «Biz hozir Rossiya Ukrainadan kutayotgan soxtagarçilik emas, mudofaalaniş vaqti, davlat va odamlar taqdiri boğliq bölgan jang vaqti, — degan u. — Va agar u yoki bu siyosiy tortişuvlarga çek qöyib, hamjihatlikda işlaşni davom ettiriş kerak bölsa, davlatda bunga çek qöyişga va jamoatçilik uçun barça zarur javoblarni berişga qodir tuzilmalar mavjud. Ukrainaga qarşi mojarolar va begona öyinlarga joy qoldirmaslik uçun».
Bu Zelenskiy va Ukraina qurolli kuçlarining öşa vaqtdagi boş qömondoni, uruş davrida mamlakatdagi ikkinçi maşhur şaxsga aylangan general Valeriy Zalujniy örtasida ziddiyat yuzaga kelgani töğrisidagi xabarlar fonida sodir bölgandi. Ayrim ukrain ekspertlari agar Zalujniy siyosiy karera boşlaşga qaror qilsa, Zelenskiyga jiddiy raqobat tuğdira olişini istisno qilişmagandi. Bunday muhokamalar ortidan 2024 yil 8 fevralida Valeriy Zalujniy iste’foga çiqdi. 9 may kuni prezident uni Buyuk Britaniyadagi elçi etib tayinladi.
Ukraina tarixida oldin ham prezident belgilanganidan köproq muddat işlagan holatlar bölgan
Masalan, Ukrainaning ikkinçi prezidenti Leonid Kuçmaning ikkinçi muddati beş yildan ortiqroq davom etgan.
Gap şundaki, 2004 yilgi prezidentlik saylovlarida Rossiya tomonidan qöllanadigan Regionlar partiyasi rahbari Viktor Yanukoviç hamda sönggi parlament saylovlarida ğolib çiqqan «Naşa Ukraina» bloki yetakçisi Viktor Yuşçenko özaro kuraşgandi. Prezidentlik saylovlarining ikkinçi turi natijalari e’lon qilingaç, unda Yanukoviç kiçik ustunlikka erişgani ma’lum bölgandi, xorijlik kuzatuvçilar hamda saylovçilar köp sonli soxtalaştiriş holatlari haqida xabar berişadi. Yuşçenkoning tarafdorlari köçalarga çiqib, saylov natijalari bekor qilinişiga erişadi — bu namoyişlar «zarğaldoq inqilob» nomini olgandi.
Natijada Ukrainada saylovlarning uçinçi turi ötkazilib, unda Yuşçenko ğalaba qozonadi — u saylovçilarning 51,99 foizining ovoziga ega bölgandi. Natijada Yuşçenkoning 2005 yil 23 yanvaridagi inauguratsiyasigaça davlat rahbari lavozimini aynan Leonid Kuçma egallab turgandi.
Zelenskiyning legitimligi töğrisida ukrainlarning özi qanday fikrda?
«Uruş davom etmoqda, saylov ötkaziş imkoni yöq. Ukraina aholisining katta qismi buni juda yaxşi tuşunadi. Ukraina prezidenti legitimligi böyiça umuman savol tuğilmaydi», — deydi «Meduza» bilan suhbatda Ukraina Milliy fanlar akademiyasi Sotsiologiya instituti direktori Yevgeniy Golovaxa. U hozirda ukrainlar «rossiyaliklarning ukrain hukumati legitim emasligi böyiça axboriy kampaniyasidan köra dolzarbroq bölgan muammolar»ni hal qilmoqda.
Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti (KMIS) rahbari Volodimir Paniotto ham uning fikriga qöşiladi. U 2023 yil kuzida, bu mavza Aleksey Arestoviç tomonidan kötarilganidan keyin ukrain jamoatçiligida çindan ham saylovlar ötkaziş ehtimoli muhokama etilganini eslagan.
Siyosatçi öşanda prezidentlikka nomzodini qöymoqçiligini aytib, saylovni onlayn şaklda, «Diya» ilovasi orqali ötkaziş ham mumkinligini qöşimça qilgandi. Zelenskiyning ofisi rahbarining sobiq yordamçisi özidagi ma’lumotlarga köra, mamlakat aholisining 90 foizi uşbu ilovada röyxatdan ötganini aytgandi. Paniotto esa «Meduza» bilan suhbatda bu baho haqiqatga töğri kelmasligini qayd etgan: sotsiologlarning ma’lumotiga köra, «Diya»dan ukrainlarning faqat 56 foizi foydalanadi. «Mening fikrimça, bu [saylovlar ötkaziş] mutlaqo utopiya. Frontda bölganlar ham, [mamlakatdan] ketganlar ham bu tarzda ovoz bera olmaydi», — deydi sotsiolog.
2023 yil oktyabrida KMIS ukrainlarning keyingi saylovlar qaçon ötkazilişi kerakligi böyiça fikrlarini örganiş uçun, ilk sörovnomani ötkazgandi — va öşanda respondentlarning 81 foizi saylov faqat saylovdan bölişi kerak deb hisoblagandi. Keyinroq institut xodimlari nisbatan savollarni nisbatan batafsilroq qilib qöygandi — ammo har safar «aholi uruş davrida saylovlar ötkazilişiga qarşiligini aniq ifodalagan», deya davom etadi Paniotto.
Ukrainaning boşqa bir yirik sotsiologik taşkiloti — «Tsentr Razumkova» ham ukrainlar orasida şu mavzuda sörov ötkazgan. 2024 yilning 21 martidan 27 martiga qadar ötkazilgan sörov körsatişiça, respondentlarning 59,5 foizi saylovlar uruş tugaşidan oldin ötkazilişiga salbiy munosabatda bölgan; faqat 22 foizi — ijobiy. Sotsiolog Paniotto şunday deydi: «Hozirda [sönggi haftalarda] biz bu mavzu böyiça sörov ötkazmay ham qöydik — bu borada muammo körinmayapti».
Ukrainaning ğarblik hamkorlari ham xuddi şunday nuqtayi nazarga ega. Masalan, AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken may oyi boşida Kiyevga taşrifi çoğida şunday degandi: Ukrainada saylovlar «ukrainlar şaroitlar imkon beradi deb hisoblaganida» ötkaziladi.
Ukrain siyosatçilari-çi? Masalan, muxolifatda bölganlar?
Ukraina parlamentida prezidentning legitimligiga jiddiy qarşi çiqmoqçi bölgan nufuzli deputatlar guruhlari yöq, deydi «Meduza»ning Oliy radadagi suhbatdoşi. U deputatlar bu mavzuni bir neça bor kötarişganini qayd etgan — masalan, sobiq spiker Dmitro Razumkov Konstitutsiyaviy sud bu masalani körib çiqişini taklif etganida.
«Meduza» manbasi hisoblaşiça, Zelenskiyning «nolegitimligi» böyiça barça muhokamalar — Rossiya rasmiylarining Ukrainadagi vaziyatni beqarorlaştirişga bölgan urinişidir. «Rossiya [Ukrainaning içki siyosati] darajasida nimadir qila olişini aytiş qiyin. Odamlar bu masalada namoyişlarga çiqişmaydi. Ular [rossiyaliklar] tiktok, telegram-kanallar darajasida şovqin kötarişi mumkin», — deya davom etgan u.
Zelenskiyning ofisiga yaqin bölgan suhbatdoş amaldorlar 21 mayga qandaydir tayyorgarlik körganmi, deb berilgan savolga noaniq javob qaytargan: «Hamişa bitta tayyorgarlik böladi — öz işingni bajariş. Jumladan, hamişa özini noxolis tutuvçi propaganda va muxolifatga qarşi kuraşiş». Manbaning qöşimça qilişiça, undagi ma’lumotlarga köra, rasmiylar ham aholi orasida Zelenskiyning 20 maydan keyingi legitimligi borasida «qandaydir [yopiq] sörovlar» ötkazgan, — ammo u bu sörovlar natijalarini oşkor etişdan boş tortgan.
«Odamlar doim ham biz ulardan nimani söraganimizni tuşunavermaydi — nima uçun 21 mayligini. Heç kim ovqat örniga konstitutsiya öqimaydi», — deya qayd etadi u. Va heç kim prezidentlik saylovlarini yaqin vaqtlar içida ötkazişni «rejalaştirmagani aniqligi»ni aytadi: «Hozirda bizda oğir damlar. Bunday vaziyatda odamlar siyosat haqida kamroq öylaşadi. Xarkivlikdan hozir saylov haqida sörab köring — sökib beradi».
Radadagi yirik muxolif partiya vakili bölgan deputat ham bunday bahoga qöşiladi. Uning sözlariga köra parlamentda heç kim saylovlar masalasini kötarmayapti, çunki «har qanday siyosatçining har qanday izohi provokatsiya sifatida qabul qilinadi» va «parlamentdagi kuçlardan heç biri bu haqda gapirmaydi, çunki heç kim aqldan ozgan bölib körinişni istamaydi»:
Men prezidentlik saylovlari ötkazilişini birinçi navbatda istaydigan odamman, çunki Zelenskiyga muxolifatdaman, ammo hozirda bu imkonsiz. Axir askarlar qanday qilib ovoz berişi mumkin? [Ukrainalik] qoçqinlar qanday qilib ovoz beradi? Raketalar va bombalar uçib kelayotganida ovozlarni hisoblaş jarayoni xavfsizligini kim kafolatlay oladi?
Buning imkoni yöq. Va ukrain qonunçiligida ham bu haqda aytilgan — prezident va parlament öz vakolatlarini keyingi saylovlargaça amalga oşiradi.
Sotsiolog Vladimir Paniotto ukrain muxolifati «Zelenskiyning nelegitimligi» haqidagi tezisni heç qanaqasiga qöllay olmasligini tasdiqlaydi. Uning fikriça, bunday vaziyat barça sörovlarga köra, amaldagi prezidentga raqobat körsata oladigan şaxs — muxolifatçilardan birortasi (jumladan sobiq prezident Petro Poroşenko) emas, balki aynan Zalujniy ekani bilan ham izohlanadi. «Qolganlarning barçasi Zelenskiydan ança ortda», — deya qöşimça qiladi sotsiolog.
Paniottoning fikriça, agar Ukrainada hozirning özida prezidentlik saylovlari ötkazilganida — va Zalujniy unda iştirok etişga qaror qilganida, u Zelenskiyni yengişi mumkin bölardi: «Ammo u umuman qaçondir saylovda nomzod böliş-bölmasligi tuşunarsiz».
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi