Qadriyatlarimizga daxl qilmagan holatda mutaxassislarning beşikning foyda-zararlari haqidagi fikrlarini örgandik.
Beşik özbek tarixida qaçondan beri bor?
Tarix fanlari doktori, etnograf Barno Ubaydullayevaning qayd etişiça, beşik haqida 11-asrda Mahmud Qoşğariy tomonidan yozilgan “Devoni luğoti turk” asarida ma’lumot berilgan. Şundan kelib çiqib olimlar beşik 11-asrda foydalanilgani aniq degan qarorga kelişgan. Lekin olima beşik undan ham avvalroq xalq orasida foydalanilgan degan fikrda.
“Beşik nafaqat Örta Osiyoda, balki Eron, Iroq, Möğuliston, Kavkaz xalqlarida ham bor. Turkiylardan kelib çiqqan, Yevropaga ketib qolgan gagauz xalqida ham beşik bor. Ba’zi tadqiqotçilar fikriça, beşik qadimgi Ossuriya xalqiga oid bölişi mumkin, bu uning turli xalqlar orasida tarqalişiga sabab bölgan”, deydi Barno Ubaydullayeva.
Tarixçiga köra, 19-asrda gaz, elektrsiz, sovuq uyda bola katta qilgan odamlar uçun beşik juda kerak bölgan.
“Ajdodlarimiz beşikka bolani töğri yotqiziş muhim ekanini his qilgan, buni tajribadan ötkazişgan. Şuning uçun ham bolani beşikka onaning özi şunçaki yotqizmagan. Beşikka belaş alohida marosim sifatida taşkillaştirilib, soğlom va köp farzand körgan ayollar taklif etilgan”, deya ma’lumot berdi Barno Ubaydullayeva.
Beşik yörgak vazifasini bajaradi
Pediatr-neontolog Muştariy Ergaşevaning ma’lumot berişiça, bola tuğilişidan oldin 9 oy onaning qornida baçadonning içida tayançning içida böladi. Tuğilgaç, u qöl-oyoqlarini qimirlatganda böşliqqa ketganday his qiladi. Bu payti bola uçun yörgak işlatiladi, bola unda tayançni his qilganday böladi. Beşik ham xuddi şu yörgak vazifasini bajaradi.
Beşikni işlatganda bola faqat bir uxlab turişga yotqizilişi kerak. Agar u kun böyi beşikda qolib ketsa, harakatlari çeklanadi. Bola esa harakatlaniş orqali: köriş, eşitiş, hid biliş, uşlaş, ta’m biliş orqali rivojlanadi.
Psixolog Rozaliya Gabdulhaqova ham bola uyğoq vaqti beşikka belangan holatda bölişi uning miyasi rivojlanişiga salbiy ta’sir qilişini aytib ötdi.
Beşikka qarşi körsatma bormi?
Pediatr Muştariy Ergaşevaga köra:











