Bişkekda «Markaziy Osiyo iqtisodiyotida ayollarning roli: raqamli, ijtimoiy va ekologik innovatsiyalarni ilgari surişda yetakçilik» mavzusida Markaziy Osiyo davlatlari yetakçi ayollari muloqoti yiğilişi bölib ötmoqda. 

Yiğilişda Özbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva, Qozoğiston parlamenti Majlisi raisi örinbosari Daniya Espayeva, Turkmaniston Majlisining Fan, ta’lim, madaniyat va yoşlar siyosati qömitasi raisi Bahor Seyidova iştirok etyapti. Tojikiston hukumati huzuridagi Xotin-qizlar va oila masalalari qömitasi raisi birinçi örinbosari Firuza Nurullozoda onlayn tarzda iştirok etmoqda. 

Yiğilişda Qirğiziston Jogorku Keneşi spikeri örinbosari Jamila Isayeva sözga çiqib, Barqaror rivojlaniş maqsadlariga (BRM) erişişda ayollar asosiy rol öynaşini ta’kidladi. 

«Global raqamlaştiriş va iqlim özgarişiga qarşi kuraş davrida ayollarning asosiy sanoat mezonlaridagi iştirokini rağbatlantiriş zarur. Ayollar nafaqat iqlim özgarişiga eng zaif, balki iqlim böyiça milliy maqsadlarga erişişda muhim manfaatdor tomondir. Gender tengligini ta’minlaş, barça ayollar va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytiriş nafaqat adolat, balki iqtisodiy farovonlik masalasidir», dedi Jamila Isayeva. 

Uning ta’kidlaşiça, Qirğiziston muloqotga raisligi doirasida bir qator taşabbuslarga e’tibor qaratişni taklif etgan. 

«Bu ayollar taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş böyiça Markaziy Osiyo mintaqaviy jamğarmasi, raqamli, ijtimoiy va ekologik innovatsiyalar sohasida yetakçi ayollarni qöllab-quvvatlaş böyiça Markaziy Osiyo mintaqaviy tarmoği hamda milliy va mintaqaviy darajadagi muvofiqlaştiruvçi kengaşni taşkil etişdir. Bu taşabbuslar mintaqaning muloqot sohalaridagi özaro hamkorligi doirasida aloqalarini kengaytiriş va mustahkamlaşga qaratilgan», dedi Jamila Isayeva. 

Eslatib ötamiz, 2021 yil Özbekiston taşabbusi bilan taşkil etilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakçi ayollari Muloqoti mintaqa parlamentlari ayol a’zolari örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalarini muhokama qiliş uçun norasmiy platforma hisoblanadi. 2021 yilda Özbekiston, 2022 yilda Turkmaniston, 2023 yilda Qozoğiston Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakçi ayollari Muloqotiga raislik qilgan.