Vertolyot halokatida vafot etgan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy 23 may kuni özining tuğilib ösgan şahri Maşhadda dafn qilindi. Şahar meri sözlariga köra, dafn marosimiga 3 millionga yaqin odam kelgan.
Prezidentning jasadi XIII asrga oid oltin gumbazli arxitektura majmuasi bölgan Imom Rizo maqbarasiga qöyildi. Aynan şu qabriston atrofida Eronning aholi soni köpligi böyiça ikkinçi şahri paydo bölgan.
23 may kuni ertalab Raisiy tobuti Birjand şahri köçalari böylab olib ötildi, u yerda minglab odamlar prezident bilan xayrlaşiş uçun çiqişdi. Keyin uning tobuti Maşhadga yetkazildi.
Bir kun avval Eronda marhumlar bilan vidolaşuv marosimlari bölib ötdi va bu ham juda köp odamlarni jalb qilgan edi.






Mamlakat şimoli-ğarbida, Ozarbayjon bilan çegara yaqinidagi toğli hududda vertolyot qulaşi oqibatida Raisiydan taşqari yana yetti kişi halok böldi, ular orasida Eron taşqi işlar vaziri Husayn Amir-Abdullohiyon ham bor.
Halok bölganlar xotirasiga mamlakatda beş kunlik motam e’lon qilingan.














