Bir tomoni azim toğlar, ikkinçi tomoni Oq dengiz sohillariga tutaş Alaniya ölkasi Turkiyaning turizm eng rivojlangan hududlaridan biri hisoblanadi.
Ayniqsa, keyingi yillarda dunyoning turli mamlakatlaridan bu yerga keluvçi turistlar soni keskin oşgan. Sababi, Alaniya turistlar uçun katta qulayliklarga ega hudud hisoblanadi. Qolaversa, tabiati betakror.









Alaniyaning eng gözal joylaridan biri Sapadere kanoni. Uning uzunligi 750 metrni, balandligi 400 metrni taşkil qiladi. Kanonning kiriş qismidan 600 metr masofaga qadar maxsus yölak qurilgan. Yölakning pastki qismidan esa soy oqib, şarşaralar hosil qilib turibdi.

Yarimorolda joylaşgan Alaniya qal’asi ham ölkaning diqqatga sazovor joylaridan biri. U uç qismdan — quyi qal’a, örta qal’a va içkari qal’adan iborat. Ma’lumotlarga köra, quyi qal’ada oddiy odamlar, örta qal’ada saroyda işlaydiganlar va içkari qal’ada hukmdorlar yaşagan. Tarixi miloddan avvalgi bir neça yuz yillikka borib taqaluvçi qal’a 1221 yilda Saljuqiylar sultoni Alovuddin Kaykubod tomonidan zabt etilgan. Uning davrida qal’ada köplab qurilişlar amalga oşirilgan.
































