Eron Qurolli kuçlari Boş ştabi mamlakat prezidenti Ibrohim Raisiy bölgan vertolyot halokati böyiça dastlabki hisobotni e’lon qildi. Bu haqda Eronning IRNA agentligi xabar berdi. 

Hisobotda qayd etilişiça, sodir bölgan voqeaning ayrim tafsilotlarini körib çiqiş uçun «köproq vaqt» kerak. 

Dastlabki tergovda aniqlanişiça, vertolyot möljallangan marşrut böylab parvoz qilgan va yönalişini özgartirmagan. Halokatdan taxminan bir yarim daqiqa oldin vertolyot uçuvçisi parvoz guruhidagi boşqa ikkita vertolyot bilan boğlangan. 

«Halokatga uçragan vertolyot bölaklarida öq izlari yoki şunga öxşaş talafot aniqlanmadi», deyiladi xabarda. 

Boş ştab ma’lumotlariga köra, vertolyot toğ bilan töqnaşganidan keyin yonib ketgan. Tergov şuni körsatdiki, dispetçerlar va ekipaj örtasidagi suhbatlarda «şubhali heç narsa sezilmagan». 

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, taşqi işlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon va yana 6 kişi bölgan vertolyot 19 may kuni keçqurun Ozarbayjon çegarasiga yaqin joyda halokatga uçradi. Uning qoldiqlari 20 may kuni ertalab topildi. Halokatda heç kim tirik qolmadi.