24 may, juma kuni Parij sudi Suriya xavfsizlik xizmatining uç nafar yuqori martabali mulozimini uruş jinoyatlari va insoniyatga qarşi jinoyatlarda aybdor deb topib, sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Sud, şuningdek, uşbu şaxslarni xalqaro hibsga oliş qarorini ham öz kuçida qoldirdi.
Sudlanuvçilardan uç nafari Suriyada ekanligi taxmin qilinmoqda. Bular - Suriya prezidenti Başar Asadning maslahatçisi Ali Mamluk, Suriya Harbiy-havo kuçlari xavfsizlik xizmati sobiq rahbari Jamil Hasan va davlat xavfsizligining yuqori martabali xodimi Abdel Salom Mahmuddir. Ular Fransiya va Suriya fuqaroligiga ega bölgan ikki kişining ölimiga aloqadorlikda ayblanmoqda.
Sudlanganlarning jinoyatlari
Iş materiallariga köra, 2013 yilda Mazzen Dabbag va uning öşa paytda 20 yoşda bölgan öğli Patrik Suriya harbiy-havo kuçlari xavfsizlik xodimlari tomonidan uşlangan va qiynoqqa solingan. Ular qiynoq qamoqxonalaridan biriga olib ketilgan, guvohlarning sözlariga köra, mahbuslar oyoqlariga pölat buyumlar bilan urişgan, elektr toki qöllangan va jinsiy zöravonlikka duçor qilingan.
Ikki nafar Fransiya va Suriya fuqarosining hibsga olinişi sabablari noaniqligiça qolmoqda. Huquq faollariga köra, na ota, na öğil Suriya rahbariyatiga qarşi namoyişlarda qatnaşmagan. Dabbag Damaşqdagi fransuz maktabida işlagan, öğli esa öşa şaharda öqigan. Ikkalasi ham 2018 yilda vafot etgan deb e’lon qilingan.
Fransiya adliya idoralari 2018 yilda Mamluk, Hasan va Salom Mahmudni hibsga oliş uçun xalqaro order bergan. Xuddi şu yili Germaniya adliya idoralari Hasanni hibsga olişga order berdi. Federal prokurorlar uni minglab mahbuslarga nisbatan qiynoqlar va ğayriinsoniy munosabatda iştirok etganlikda ayblamoqda.
Misli körilmagan hukm
Bu Suriya rahbariyatining bunday yuqori martabali vakillariga nisbatan insoniyatga qarşi jinoyatlarda iştirok etganlikda ayblab hukm çiqarilgan ilk sud jarayonidir.
Suriyada fuqarolar uruşi prezident Başar Asad 2011 yilda hukumatga qarşi namoyişlarni bostirganidan keyin boşlangan. Suriyadagi uruş natijasida yarim milliondan ortiq odam halok böldi, millionlab odamlar öz uylarini taşlab ketişga majbur böldi, mamlakat infratuzilmasi va sanoati jiddiy zarar kördi.








