Özbekistonda N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti (MDTU) filiali oçiladi. Bu haqda Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri örinbosari Dmitriy Afanasev ma’lum qildi. 

U Toşkentda ötkazilayotgan «Ilmiy-texnika taraqqiyoti şaroitida oliy texnik ta’limning istiqbollari» mavzusidagi konferensiyada şu haqda gapirdi. Unda Rossiya va Özbekistondagi 50 ta muhandislik-texnika oliy öquv yurtlari rektorlari, kafedralar va ilmiy markazlar rahbarlari iştirok etmoqda. 

«Yaqin kelajakda [Özbekistonda] filiallar tarmoğini oçmoqçi bölganlar qatoriga Bauman universiteti ham kiradi. Filialni taşkil etiş bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi...», dedi Afanasev. 

MDTU Rossiyaning eng köhna ta’lim dargohlaridan biri bölib, 1830 yilda oçilgan. Unda 22 mingga yaqin talaba ta’lim oladi, 70 dan ortiq mutaxassisliklar böyiça kadrlar tayyorlanadi. 2024 yilda MDTU Rossiya universitetlarining umumiy reytingida 6-örinni egallagan.