Boş prokuratura huzuridagi departamentning xabar berişiça, Buxoro va Qoraqalpoğistonda pul evaziga til sertifikatini olib bermoqçi bölgan şaxslar uşlangan.

Jumladan, departamentning Buxoro tuman bölimi va DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti öqituvçisi Ş.Ş. fuqaro M.J.ga tanişlari orqali “Milliy til sertifikati”ni olib berişi evaziga 2 000 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Departamentning Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.O. fuqaro A.B.ni tanişlari yordamida “TOEFL iBT” nomli "S1 " sertifikatini oliş uçun böladigan imtihondan ötkazib berişi evaziga 1 800 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.