Rossiya prezidenti Vladimir Putin Özbekistonga davlat taşrifi bilan kelişi kutilmoqda. Quyida, taşrif arafasida ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikka doir muhim raqamlarga e’tibor qaratib ötamiz.

Özbekiston mustaqil davlat sifatida Rossiya tomonidan 1992 yilning 20 martida tan olingan va öşa kundan e’tiboran ikki mamlakat örtasida diplomatik munosabatlar örnatilgan. Şundan keyin ikki tomonlama bir qator strategik bitimlar va kelişuvlar imzolandi.

Xususan, 2004 yil 16 iyunda Strategik hamkorlik, 2005 yil 14 noyabrda Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomalar tuzilgan. 2012 yil 4 iyunda esa Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi örtasida Strategik hamkorlikni çuqurlaştiriş töğrisidagi deklaratsiya qabul qilingan.

Ikki tomonlama munosabatlarda sönggi yillarda katta yutuqlarga erişildi. Buni quyidagi raqamlar misolida ham körişimiz mumkin.

Savdo aloqalari

Özbekistonning Rossiya bilan savdosi ikki tomonlama va köp tomonlama (MDH doirasidagi) kelişuvlarga muvofiq erkin savdo rejimida amalga oşiriladi. Oxirgi 6 yilda özaro tovar ayirboşlaş hajmi 2017 yildagi 4,73 milliard dollardan 2022 yilda 9,33 milliard dollargaça oşdi. Xususan, Özbekistonning eksporti 2 milliard dollardan 3,1 milliard dollarga (1,5 barobar ösiş), importi 2,7 milliard dollardan 6,23 milliard dollarga( 2,3 barobar ösiş) köpaydi.

2023 yilda tovar ayirboşlaş hajmi 9,88 mlrd dollarga yetdi va Rossiya Özbekistonning ikkinçi eng yirik savdo şerigi böldi. Ötgan yili umumiy taşqi savdo aylanmasida Rossiyaning uluşi 15,8 foizni taşkil etdi. Joriy yilda ham bu tendensiya davom etmoqda.

Rossiya – Özbekiston uçun eng katta eksport bozori. Jumladan, 2024 yil yanvar-aprel oylarida uşbu mamlakatga eksport hajmi ötgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 26 foizga oşib, 811,5 mln dollardan 1 mlrd 21,4 dollargaça köpaydi. Tayyor qişloq xöjaligi va sanoat mahsulotlarining asosiy qismi Rossiyaga sotiladi.

Investitsiyalar

Rossiya Özbekiston iqtisodiyotining asosiy sarmoyadorlaridan biri hamdir. Xususan, Özbekiston iqtisodiyotiga töplangan Rossiya investitsiyalarining umumiy hajmi 10 milliard dollardan oşadi. Ayni paytda 150 dan ortiq qöşma loyihalar amalga oşirilyapti, ularning umumiy qiymati qariyb 14 mlrd dollarni taşkil etadi.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga köra, 2024 yilning yanvar-mart oylarida Özbekistonda asosiy kapitalga özlaştirilgan investitsiyalar hajmi 107,1 trln söm bölib, şundan 13,8 foiz qismi Rossiya hissasiga töğri keladi.