Yevropa Ittifoqi ehtimoliy uruşga tayyorgarlik körişi va qöşma qurollaniş böyiça çoralar körişi kerak, deb hisoblaydi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen. «Tahdid qilayotganlar tinçlikni xohlamaydi, hamma narsani davom ettirişni istaydi», dedi u 26 may, yakşanba kuni Germaniyaning Deutschlandfunk radiosi orqali.

Mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş

Avvalroq Germaniya Mudofaa vazirligini boşqargan fon der Lyayyen mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş muhimligini ta’kidladi. «Agar biz qit’amizda tinçlikni saqlamoqçi bölsak, mudofaaga sarmoya kiritişimiz kerak», dedi u. 

Şu bilan birga, Yevropa Xalq partiyasi (YeXP) nomzodi sifatida ikkinçi muddatga saylaniş niyatida bölgan Yevrokomissiya rahbari «gibrid hujumlar», jumladan yaqinda Estoniya bilan çegaradagi belgilar olib taşlangani, muhojirlardan Yevropa Ittifoqi bilan qarama-qarşilik vositasi sifatida foydalaniş va ijtimoiy tarmoqlar yordamida yevropaliklarni bölişga urinişlarga işora qildi. 

Yevropada iş örinlarini yaratiş masalasi

Fon der Lyayyen Yevropa Ittifoqining mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş zarurligi haqida gapirar ekan, bu jarayonning Yevropa iqtisodiyotiga ijobiy ta’sirini ham qayd etdi. Misol tariqasida u Polşa va Gretsiyaning birgalikda havo mudofaa tizimini yaratiş taklifini keltirdi. «Biz sarmoya kiritgan milliardlab mablağlar Yevropada yaxşi iş örinlarini yaratişi muhim», - deya tuşuntirdi u. 

Yevrokomissiya rahbarining sözlariga köra, mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş böyiça çora-tadbirlarni moliyalaştiriş YeIga a’zo davlatlar badallaridan tuşadigan budjet mablağlari hisobidan amalga oşirilişi kerak.

Yevropa Ittifoqini tuziş töğrisidagi kelişuvlar umumiy mudofaa siyosatini nazarda tutadi, ammo harbiy va mudofaa maqsadlari uçun operatsion xarajatlarni Yevropa Ittifoqi budjetidan moliyalaştirişni hisobga olmagan.