Fransiya prezidenti köhna qit’a murakkab davrlarni boşdan keçirayotganini ta’kidlab, asosiy jihatlarga urğu berdi.

«Birinçidan, Yevropaga uruş qaytdi. Bu Rossiyaning Ukrainadagi agressiyasidir. Lekin biz Yevropa tinçlik degani deya ta’kidlab kelardik.

Ikkinçidan, biz Yevropaning maqsadi — qit’a iqtisodiyotni karbonsizlaştiriş davrida yaşamoqdamiz: biz iqlim haqida, iqtisodiy ösiş va sanoatlaştiriş töğrisida qayğurişimiz kerak.

Uçinçidan, bizda demokratiyaning qandaydir tanazzul şakli kuzatilmoqda, buni tanamizda his qilmoqdamiz. Demokratiyalarning kuçli — insonlar tanlaydigan eng yaxşi yeçimni topiş uçun barça masalalarda munozaraga kiriş.

Lekin bizning öz demokratiyalarimizda eng murakkab onlarda tuğilayotgan avtoritarizmga ruju qöyişni körmoqdamiz. Avtoritarizm natsionalizm va boşqa unsurlar bilan suğoriladi, bir qaraşda agar biz ham natsonalist bölsak osondek tuyuladi. Lekin biz agar natsionalistlar boşqarganida Yevropamiz hozir qanday bölişi mumkinligini unutib qöyyapmiz. Bizda Yevropani tiklaş rejasi bölmasdi. Bizda Yevropadagi migratsion muammolarga ta’sir qiliş imkoniyati bölmasdi. Bizda Yevropa yaşil yönalişi va karbosizlaştirişni boşqariş imkoniyati bölmasdi. Agar natsionalistlar boşqarganida biz yevropaliklar bölib taşlangan bölardik. Nihoyat, biz Ukrainani dastaklaşdan voz keçib, barça mamlakatlarimizdagi natsionalistlar qilayotgani singari Rossiyani qöllab-quvvatlardik.

Biz demokratiyaga juda könikib qoldik. Biz natsionalistlar va demokratiya duşmanlariga demokratiyadan divident oliş va bir vaqtning özida uni qattiq tanqid qilişga qöyib bermoqdamiz. Biz demokratiyani himoya qilişimiz va iyun oyining boşida bölib ötadigan Yevropa saylovlarida bu himoyani ta’minlay oladigan partiyalarga ovoz berişimiz kerak”, — degan Fransiya prezidenti.