HAMAS guruhi sönggi tört oy içida birinçi marta Tel-Aviv va uning atrofiga raketa uçirdi. 26 may, yakşanba kuni Tel-Aviv markazida bir neçta portlaşlar sodir böldi. Sohil böyidagi megapolisni örab turgan bir qator şaharlarda raketa ogohlantirişlari eşitildi.
Şifokorlarning sözlariga köra, boşpana tomon yöl olgan ikki ayol yengil jarohatlangan. Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) Ğazo sektori janubidagi Rafah şahridan Tel-Aviv tomon sakkizta raketa otilganini ma’lum qildi. Bir neçta raketalar raketaga qarşi mudofaa tizimi tomonidan tutib olindi.
Hujum uçun javobgarlikni HAMASning harbiy qanoti öz zimmasiga oldi. Ular Isroilning falastinlik tinç aholiga qarşi harakatlariga javoban Isroil megapolisiga «katta raketalar» otişganini aytdi. Tel-Aviv oxirgi marta 29 yanvar kuni Ğazo sektoridan raketa zarbalariga uçragan edi.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi. HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 36 mingga yaqin falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.








