DW xabariga köra, voqea 18-oktabr keçqurun sodir bölgan. Aviakompaniya Avstriyaning APA axborot agentligiga tahdid haqida xabar kelib tuşganini va Bolgariya poytaxtida samolyot tekşirilayotganini tasdiqlagan.
Flightradar24 maʼlumotlariga köra, layner dastlab odatiy yönaliş böyiça harakatlangan. Biroq Ruminiya janubi osmonida keskin burilib, Sofiyaga yönalgan.
Sky News telekanaliga Bolgariya rasmiylari samolyot qönişidan oldin uni milliy harbiy-havo kuçlari qiruvçisi kuzatib borganini bildirgan. Aeroportda barça yölovçilar bortdan tuşirilgan va samolyot közdan keçirilgan.
Taxminan uç soatdan keyin layner Sofiyadan yana havoga kötarilgan. U Venaga 19-oktabrga ötar keçasi yetib borgan.
Xabarda tahdid kim tomonidan va qanday usulda yuborilgani, şuningdek, tekşiruvning batafsil natijalari oçiqlanmagan.








