DW xabariga köra, boş prokuror 9-oktabr kuni gumonlanuvçi - 29 yoşli Ummon fuqarosi teraktni amalga oşirişni közlaganini aytgan.

AFP maʼlumotiga köra, qölga olingan uçuvçi tergovçilarga hujumni yolğiz tayyorlaganini va imkon qadar köproq odamni öldirişni maqsad qilganini bildirgan.

Al-Şamsining taʼkidlaşiça, gumonlanuvçi Flydubai’ga işga kirişdan oldin barça zarur xavfsizlik tekşiruvlaridan ötgan. U uçuvçilik litsenziyasi va sudlanmaganlik haqidagi maʼlumotnomani taqdim etgan. Biroq tekşiruvlar uning ekstremistik qaraşlari yoki terakt sodir etiş niyatini aniqlamagan.

Hodisa 30-sentabr kuni Dubay - Tel-Aviv reysida yuz bergan. Samolyotni egallab olişga uriniş haqidagi signaldan söng Boeing 737 MAX 8 Saudiya Arabistonining Tabuk şahri aeroportiga favqulodda qöngan.

Layner bortida 174 kişi, jumladan, 27 nafar bola bölgan. Yölovçilarning aksariyati Isroil fuqarolari ekani aytilgan.

Uçuvçilar kabinasidagi olişuv paytida samolyot 29 soniya içida 9410 metrdan 5105 metrgaça - 4305 metr balandlikni yöqotgan.

Ayrim yölovçilarning aytişiça, dastlab kabinadan baqiriqlar eşitilgan. Keyin eşik oçilib, uçuvçilardan biri jarohatlangani maʼlum bölgan. Ekipaj aʼzolari va yölovçilar hujum qilgan şaxsni zararsizlantirişga muvaffaq bölgan.

Samolyot komandiri, Hindiston fuqarosi Smit Maççxar hujumda oğir jarohatlangan va Saudiya Arabistonida şifoxonaga yotqizilgan.

U Hindiston boş vaziri Narendra Modi bilan videomuloqotda samolyot tez balandlik yöqotayotganini anglagaç, kabina eşigini oçiş uçun bor kuçini töplaganini aytgan.

«Men jarohatlangan holda polda yotardim. Lekin özimga sönggi bor harakat qilib, eşikni içkaridan oçişim kerakligini aytdim. Emaklaşga urindim. Eşik juda yaqin edi. Uni oçişga muvaffaq böldim va boşqalar içkariga kirdi», - deya uning sözlarini keltirgan The Telegraph.

Modi uçuvçining harakatlarini köplab odamlarning hayotini saqlab qolgan jasorat, sabr-toqat va tez qaror qabul qiliş namunasi deb baholagan.

Jarohatlangan komandirga yölovçilardan biri - stomatolog Şota Musayev yordam körsatgan.