2024 yil 1 iyundan tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan şaxslarga ijtimoiy xizmatlar körsatiş takomillaştiriladi.
Qonunçilikka köra:
- tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan yoki jabrlaniş xavfi ostida bölgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar körsatiş tartibi joriy etiladi;
- xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zöravonlik holati içki işlar organlari navbatçilik qismining 102 telefon raqamlariga kelib tuşgan murojaatlar asosida röyxatga olinadi;
tazyiq va zöravonlik holati yoki ularni sodir etiş xavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat içida quyidagilar amalga oşiriladi:
- xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori iştirokida tazyiq va zöravonlikni sodir etgan şaxs bilan suhbat ötkaziladi;
- profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylaştiriladi;
- tazyiq va zöravonlikdan jabr körgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (şahar) şifoxonalarining şoşilinç qabul bölimlariga joylaştiriladi;
- rasmiylaştirilgan himoya orderlari va jabrlangan şaxslarga doir ma’lumotlar “Inson” markazlariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi.







