BMT ma’lumotlariga köra, oxirgi 4 yilda tuğiliş indeksi 4 foizdan ortiqqa kamaygan. Demak, deyarli har yili tuğiliş 1 foizga pasaymoqda. 2024 yil hisob-kitoblariga köra, dunyo böylab jami tuğilişlar soni 2023 yil bilan taqqoslaganda 0.94 foiz kam böladi. Davlatlar esa öz aholisini köproq farzand körişga undaşi lozim, deb yozadi The Economist.
Bugun jahonda tuğiliş darajasining kamayişi borgan sari jiddiy ijtimoiy va demografik muammoga aylanmoqda. Endi siyosatçilar ayollarning tuğişiga budjetdan pul ajratişi kerak. Ya’ni vaziyat tuğilişni rağbatlantirişga undayapti.
Naşrda keltirilişiça, professional va hayotda öz örnini topgan ayollarning farzand körişni istamasligi yoki bitta farzand bilan kifoyalanişi – tuğiliş körsatkiçlarining kamayişiga asosiy sabablardan biri.
Umuman olganda, tuğilişni rağbatlantirişni ham investitsiya deyiş mumkin. Çunki şu tuğilgan bolalar jamiyatni taşkil qiladi va kun kelib soliq tölovçiga aylanadi. Xöş, siyosatçilar oldida qanday vazifalar turibdi? Birinçi navbatda hukumatlar qanday bölmasin tuğilişni oşiriş uçun pul tikişlari kerak. Dunyo iqtisodiyoti ham yildan yilga kamaygan tuğilişlar miqdoriga moslaşişiga töğri keladi. Çunki iqtisodiyot ijtimoiy özgarişlar bilan hisoblaşişi darkor.
The Economist'ga köra, asosiy muammo bugun demokratik va farovon davlatlarda. Ayni şu sinfga kiruvçi mamlakatlar aholisining katta qismi bola körişni istamaydi. Lekin masalaning ular öylamagan tomoni bor: bora-bora bunday davlatlar fuqarolari keksalikda ham işlaşiga töğri keladi, çunki ularning boquvçisi bölmaydi. Bu esa katta muammoga aylanişi ham mumkin.
Har 1000 nafar odamga qança tuğiliş töğri kelişi böyiça statistikaga yuzlansak, aholisi şiddat bilan köpayayotgan davlatlarning aksariyati Afrika qit’asida. Va ular kambağal va rivojlanmagan yoki rivojlanayotgan davlatlardir. Masalan, dunyodagi eng köp tuğiliş Niger, Çad va Kongo davlatlarida. Tuğiliş körsatkiçi böyiça Markaziy Osiyodan Tojikiston yetakçilik qilmoqda. Özbekiston esa xalqaro taşkilotlarning röyxatlarida 64-70-örinlar oraliğida. Mintaqa böyiça eng kam tuğilişlar soni Turkmanistonda qayd etilmoqda.
Markaziy Osiyoning qöşnisi Afğoniston esa röyxatning boşida, beşala respublikadan ham oldin – 15-örinda qayd etilgan. Dunyo böyiça eng kam tuğilişlar esa Ukrainada ekani ma’lum bölgan. Bundan taşqari, Yaponiya, Janubiy Koreya va Ispaniyada ham vaziyat jiddiy. Köplab odamlarda farzand körişga bölgan intiliş qolmagan.
Yana Özbekistonga qaytadigan bölsak, davlat sönggi yillarda aholisi sonining barqaror oşib borayotgani bilan maqtanib kelayotgandi. Lekin 2024 yilning 1-çoragida tuğilgan çaqaloqlar soni 205 713 nafarni taşkil etgan, bu – 2023 yilning mos davriga nisbatan 4,3 foizga kam. Mamlakatda ölim holatlari köpaygan: 2024 yil boşidan buyon bu körsatkiç ötgan yilga nisbatan 3,1 foizga oşib, 40 197 nafarni taşkil etgan. Aholining tabiiy ösişi ham 6 foizga kamaygani qayd etilgan.










