21-25 may kunlari Eronning Chemisan Chemical Co kompaniyasi boşqaruvi kengaşi raisi Muhammal Xosseyn Arab boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga taşrif buyurdi.

"Dunyo" xabariga köra, safar davomida delegatsiya a’zolari Toşkent şahrida bölib ötgan 16-Xalqaro çarm poyabzal, attorlik, möyna, jun va mahalliylaştirilgan mahsulotlar xalqaro körgazmasi doirasida "Özçarmsanoat" uyuşmasi raisi vazifasini bajaruvçi Farhod Nurmuhammadov bilan uçraşuv ötkazdi.

Muloqot çoğida eronlik tadbirkorlar Özbekistonda poliuretan, polimer va EVA xomaşyosidan turli xil mahsulotlar işlab çiqariş böyiça loyihani amalga oşirişga tayyorligini ma’lum qildi. Muzokaralar davomida uşbu yönalişda hamkorlikni yanada kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Bundan taşqari, taşrif davomida Chemisan Chemical Co kompaniyasi vakillari Toşkentda poyabzal işlab çiqaruvçi korxona faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Şuningdek, Özbekiston Savdo-sanoat palatasi va "Özkimyosanoat" AJ rahbariyati bilan poliuretan mahsulotlar işlab çiqariş böyiça uçraşuvlar ötkazildi.