Davlat aktivlarini boşqariş agentligi InterHotel MÇJdagi 100 foiz davlat uluşini xususiylaştiriş uçun savdo jarayonlari boşlanganligini e’lon qiladi.

Xususiylaştiriş böyiça konsultant sifatida Deloitte kompaniyasi jalb etilgan.

Sotuvga qöyilgan mehmonxona 232 ta xona, 7 ta konferensiya zali, 2 ta restoran, barlar, yozgi terrasa, fitnes-klub va basseynni öz içiga oladi. Umumiy 3 ga yer maydonida 44 903 kv metr bino va inşootlar joylaşgan.

Xususiylaştiriş jarayoni uç bosqiçda amalga oşiriladi: sotib oliş böyiça qiziqiş bildiriş (Express of interest), majburiyatga ega bölmagan taklif (NBO) hamda majburiyatga ega bölgan taklif (BO) bosqiçlari. Yakuniy bosqiçda taklif etiladigan qat’iy narx taklifining kamida 1 foizini kafolatli tölov sifatida amalga oşiriş belgilangan.

Arizalarni qabul qiliş muddati - 2024 yil 4 iyul soat 18:00 ga (Toşkent vaqti bilan) qadar davom etadi.