Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri Behzod Musayev boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi amaliy taşrif bilan Germaniyaga bordi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Taşrif davomida mamlakat elçixonasida Germaniya iqtisodiyoti Şarqiy qömitasi bilan hamkorlikda yirik nemis iş beruvçi kompaniya vakillari iştirokida davra suhbati taşkil etildi. 

Suhbatda vaqtinça xorijda işlaş istagida bölganlarni Yevropaning rivojlangan davlatiga işga jalb etiş borasidagi hamkorlikni yanada kengaytiriş, uşbu davlatga mehnat migratsiyasini tez va samarali taşkil etiş masalalari muhokama qilindi. 

Nemis işbilarmonlari ayni paytda Germaniyada taşqi işçi kuçiga bölgan ehtiyoj ortib borayotganini, ayniqsa hamşiralik va feldşerlik, yuk maşinasi haydovçisi, sanoat, mexatronika, gastronomiya, yöl qurilişi sohalarida 130 mingdan ortiq işçi kuçiga ehtiyoj mavjudligini bildirdilar.

Tadbir davomida mamlakatning işçi kuçi borasidagi salohiyati, davlat tomonidan xorijda kasbiy ta’lim oliş va vaqtinça işlaş istagida bölganlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida yaratilgan şart-şaroitlar, imtiyoz va qulayliklar haqida taqdimot ötkazildi.

Uçraşuvda Özbekiston bilan köp yillardan buyon mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilib kelayotgan kompaniyalar vakillari öz tajribalari bilan bölişdilar va boşqalarni ham mamlakat bilan hamkorlikka çorladilar. 

Şuningdek, muloqotda Germaniya mehnat bozori talablaridan kelib çiqqan holda yurtdoşlarning kasbiy tayyorgarligini oşiriş, nemis tilini örganiş uçun şart-şaroitlar yaratiş, viza olişda yengilliklar joriy etiş böyiça öz takliflarini bildirdilar. Kasb-hunarga öqitişning nemis modelini joriy etişga qaratilgan qöşma loyihalarni amalga oşiriş taşabbusi ilgari surildi. 

Nemis kompaniyalari vakillari Özbekiston bilan hamkorlikni kengaytirişga tayyorliklarini ta’kidladilar.