Vazirlar Mahkamasining “Ekologik huquqbuzarliklarni foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalarini örnatiş va ekspluatatsiya qiliş tartibi haqidagi nizomni tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Quyidagilar:
- Ekologik huquqbuzarliklarni foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalarini örnatiş va ekspluatatsiya qiliş tartibi haqidagi nizom tasdiqlanadi;
- Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etiş xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni beriş tartib-taomillari töğrisidagi yagona nizom”ga özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Içki işlar vazirligi maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş tizimini vazirliklar örtasida integratsiya qilinişini hamda axborot almaşinuvini yölga qöyişni ta’minlaydi.
Belgilanişiça:
- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi huzuridagi “Situatsion markaz” davlat muassasasi tomonidan örnatilgan foto va video qayd etiş tizimi dasturiy-texnik vositalari vositasida undirilgan jarimalar töliq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligining budjetdan taşqari jamğarmasiga ötkaziladi;
- Tadbirkorlik sub’yektlari hamda aholi tomonidan örnatilgan foto va video qayd etiş tizimi dasturiy-texnik vositalari vositasida undirilgan jarimalar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligining budjetdan taşqari Ekologiya jamğarmasiga tuşirilgandan söng, vazirlik tomonidan Içki işlar vazirligi hamda Milliy gvardiyaga taqsimlanadi hamda ötkazib beriladi;
- davlat xizmatlari orqali körsatilgan integratsiya xizmatlari uçun undirilgan bazaviy hisoblaş miqdorining 1 baravari miqdoridagi yiğimning 20 foizi Davlat xizmatlari agentligi hisobraqamiga, 80 foizi Ekologiya vazirligining budjetdan taşqari Ekologiya jamğarmasiga ötkaziladi.
Içki işlar vazirligi mahallalar va köp qavatli turar joy binolarida örnatilgan kameralar orqali ekologik huquqbuzarliklarni aniqlaş tizimini yölga qöyadi hamda Ekologiya vazirligining tizimiga integratsiya qilinişini ta’minlaydi.
Bunda, uşbu kameralar orqali aniqlangan ekologik huquqbuzarliklar uçun undirilgan jarimalar Ekologiya vazirligining budjetdan taşqari Ekologiya jamğarmasiga tuşişi inobatga olinadi.








