“Öztransgaz” 2024 yilning yanvar-aprel oylarida 351 mlrd söm soliq tölagan. Bunda yanvarda – 117,9 mlrd söm, fevralda – 86,6 mlrd söm, martda – 127 mlrd söm, aprelda esa bor-yöği 19,2 mlrd söm soliq tölagan.
Davlat soliq qömitasi Kun.uz'ga taqdim etgan bu raqamlar, aprelda “O‘ztrancgaz” yil boşiga nisbatan 6,2 barobar kamroq soliq tölaganini körsatyapti.
Ma’lumotlarga köra, aprel oyida kompaniya faqatgina 19,2 mlrd söm qöşimça qiymat soliğini tölagan. Boşqa soliqlar, xususan, yer soliği, mulk soliği, suv soliği, foyda va aksiz soliqlari böyiça tölovlar amalga oşirilmagan. Jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği böyiça esa 146 mln sömlik qarz qayd etilgan.
Yil boşidan beri “Öztransgaz” foyda va aksiz soliqlari hamda yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliqni, fevral oyidan beri esa suv soliğini tölamagan. Fevral-mart oylarida mulk soliği böyiça atigi 8,8 mln sömlik tölov qilingan.
Ötgan yilning mos davri bilan soliştirganda, “Öztransgaz” qariyb 43 foizga kamroq soliq tölaganini köriş mumkin. Ötgan yilning yanvar-aprel oylarida soliq tuşumlari 614 mlrd sömni taşkil qilgan.
Umuman, kompaniya ötgan yilning mart oyidan beri foyda va aksiz soliğini tölamagan. Ungaça foyda soliği böyiça 3,88 mlrd, aksiz soliği böyiça esa 51,29 mlrd sömlik soliqlar hisoblangan. E’tiborli jihati, ötgan yilning mos davrida kompaniya yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliqni tölagan.
Raqamlar “Öztransgaz”ga bir qator soliqlar böyiça imtiyozlar berilgan bölişi mumkinligini körsatyapti. Kun.uz bu borada Soliq qömitasiga qöşimça savollar yubordi.
Avvalroq kompaniya yanvar-mart oylarida 418,6 mlrd söm soliq tölagani böyiça ma’lumot berilgandi. Davlat soliq qömitasi keyinroq bayonot berib, 2024 yil yanvar-mart oylarida “Öztransgaz”dan budjetga 418,6 mlrd söm soliq tuşumi kutilgani, haqiqatda esa 331,9 mlrd söm tölanganini ma’lum qilgandi. Qömita izohiga köra, mas’ul xodimlar e’tiborsizligi sababli mazkur jamiyat tomonidan haqiqatda tölangan emas, tuşişi kutilgan soliq summasi taqdim etilgan. Qömita bayonotiga tayanilsa, 2024 yilning 1-çoragida soliq tuşumlari prognozdan 87 mlrd sömga kam bölgan.
Eslatib ötamiz, 29 mart kuni “Özbekneftgaz” kompaniyasi mamlakat gaz-transport tizimi operatori “Öztransgaz”ning 46,8 foiz uluşini 292,8 mlrd sömga sotib








