Ukraina qurolli kuçlari Finlandiyadan olingan qurollar bilan Rossiya hududidagi nişonlarga hujum qilişi mumkin, dedi Finlandiya taşqi işlar vazirligi rahbari Elina Valtonen 29 may, çorşanba kuni Uusi Suomi naşriga bergan intervyusida. Uning tuşuntirişiça, Ukraina mudofaa uruşi olib bormoqda va şuning uçun özini himoya qiliş maqsadida tajovuzkor mamlakat hududida joylaşgan harbiy nişonlarga zarba beriş huquqiga ega. Helsinki hukumati özi uzatayotgan yordamdan foydalaniş böyiça heç qanday aniq çeklovlar örnatmagan, biroq Ukraina bu qurollardan xalqaro qonunlarga muvofiq foydalanişini kutmoqda, deya qöşimça qildi Valtonen.

NATO ittifoqdoşlarini Ukrainaga qöyilgan çeklovlarni bekor qilişga çaqirdi

Bir neça kun oldin NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg The Economist naşriga bergan intervyusida Ğarb davlatlari Ukrainaga Rossiyadagi harbiy nişonlarga özlari uzatgan qurollar bilan hujum qilişiga ruxsat berişlari kerakligini aytdi. Stoltenberg xuddi şunday bayonot bilan NATO Parlament assambleyasining Sofiyada bölib ötgan yiğilişida çiqiş qilgan, şundan söng uning iştirokçilari Ukraina armiyasining Ğarb qurollaridan foydalanişga qöyilgan çeklovlarni bekor qilişga çaqiruvçi rezolyutsiyani qabul qilgan. NATOning ba’zi davlatlari tomonidan çizilgan qizil çiziqlar «ukrainaliklarning qöllarini boğlab qöygani» uçun şunday qaror qabul qiliş vaqti keldi, dedi NATO boş kotibi Sofiyada. Şu bilan birga, u sönggi haftalarda Ukrainaning Xarkiv viloyatida yuzaga kelgan frontdagi oğir vaziyatni esladi.

Ertasi kuni Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Stoltenbergning fikriga qöşildi. Ukrainaga Rossiya hududidagi nişonlarni yöq qiliş uçun Ğarb qurollaridan foydalanişga ruxsat beriş «uruş me’yorlariga köra mutlaqo mumkin» va xalqaro huquqqa zid emas, dedi u. Borrelning sözlariga köra, bunday qaror tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayrim davlatlar çeklovlarni Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlarning yanada keskinlaşuvi xavfi bilan oqlaydi, biroq ukrainaliklar keskinlaşuv tahdidi bilan özlarini himoya qiliş imkoniyatidan mahrum bölişi mumkin emas, deya qöşimça qildi Yevropa diplomatiyasi rahbari.

Germaniya - Ukrainaning Rossiya hududiga zarba berişiga qarşi

Rossiya Federatsiyasidagi nişonlarni möljalga oliş uçun Kiyevga topşirilgan qurollardan foydalanişga qöyilgan taqiqni olib taşlaşni hozirgaça rad etgan davlatlar qatorida, xususan, Germaniya va Italiya ham bor. Şu tariqa, Germaniya kansleri Olaf Şols Ukrainaga Germaniyadan kelgan qurollar bilan Rossiya hududidagi harbiy nişonlarga zarba yöllaşga yana ruxsat bermadi. Bugun Berlin va Kiyev «qurol uzatiş böyiça aniq qoidalarga kelişib oldilar, biz buni amalga oşiramiz», dedi Şols. Öz navbatida, Italiya boş vaziri Jorja Meloni Stoltenbergning bayonotlarini tuşunmasligini aytdi va ehtiyot bölişga çaqirdi.