Toşkentdagi “Yangi Özbekiston” boği 1 iyun – Bolalar kuni munosabati bilan taşkil etiladigan tadbirlarni e’lon qildi. Ular orasida şu kuni soat 12:00 da boğdagi plyajga plastikdan yasalgan 10 mingta öyinçoq ördakni taşlaş rejasi ham bor.
Ma’muriyatning qayd etişiça, bundan maqsad – bolalarga yaxşi kayfiyat ulaşiş.
Boğning bu haqda Instagram'da bergan e’loni ostida köplab özbekistonliklar plastik ekologiya uçun zararli ekanini ta’kidlab, boğning bu niyatini tanqid qildi.
Bu holatni, şuningdek, Ekologiya vazirligi ham keskin qoraladi.
“Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi bunday xatti-harakatlarni keskin qoralaydi va bunday holatlar qonunga köra javobgarlikka sabab bölişini ma’lum qiladi”, – deyiladi vazirlik bayonotida.
Ekologiya organiga köra, bunday xatti-harakatlar “Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida”gi va “Çiqindilar töğrisida”gi qonunlarni qöpol ravişda buziş hisoblanadi va javobgarlikka sabab böladi. Vazirlik vakillari voqea joyiga çiqib, mutasaddilar bilan tuşuntiriş işlari olib borgan va javobgarlik töğrisida qat’iy ogohlantiriş bergan.
“Plastik buyumlar uzoq muddat çirimaydi va çiqindi sifatida tabiatga katta zarar yetkazadi. Şunday ekan, özimiz va farzandlarimiz yaşab turgan tabiatni toza saqlaşga, asrab-avaylaşga hissa qöşaylik!” – deyiladi Ekologiya vazirligi bayonotida.








