Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26-27 may kunlari Özbekistonga rasmiy taşrifi çoğida mehmondöstlik uçun prezident Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Tegişli murojaat Kreml saytida e’lon qilindi. 

«Özbekistonga davlat taşrifim çoğida menga va Rossiya delegatsiyasiga körsatilgan ajoyib qabul va unutilmas mehmondöstlik uçun Sizga çin dildan minnatdorlik bildiraman», deyiladi bayonotda. 

Putinning ta’kidlaşiça, mazmunli muzokaralar Rossiya-Özbekiston strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantirişga xizmat qiladi. 

«Taşrif yakunlari böyiça erişilgan kelişuvlar, şuningdek, Hududlar kengaşining samarali majlisi turli yönalişlarda özaro manfaatli qöşma loyihalarni amalga oşiriş uçun keng imkoniyatlar oçayotgani şubhasiz», dedi Putin.

Rossiya rahbari taşrif davomida şaxsan batafsil muloqot uçun ham alohida minnatdorlik bildirdi. 

«Uşbu döstona muloqot juda qadrli. Sizga, muhtaram Şavkat Miromonoviç, çin qalbimdan mustahkam soğlik, farovonlik va davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tilayman», deyiladi murojaat yakunida.