Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga OTMlarga kirişga tavsiyanoma oliş uçun arizalar qabuli boşlandi. Bu haqda Toşkent şahar Oila va xotin-qizlar boşqarmasi xabar berdi.

Talabgorlardan arizalar 30 maydan 8 iyunga qadar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron şaklda qabul qilinadi.

Respublika oliy ta’lim muassasalariga qöşimça davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari doirasida oliy ma’lumot oliş istagida bölgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning tanlovda iştirok etişi uçun tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

  • kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda, oilaning har bir a’zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 0,5 baravaridan köp bölmagan miqdorda töğri keladigan bir oylik örtaça jami daromadga ega bölgan oila tuşuniladi;
  • töliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
  • turmuş örtoği vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolğiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
  • nogironligi bölgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
  • ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boşqa qarindoşlaridan alohida (ijarada) yaşayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolğiz ayollarning qiz farzandlari;
  • ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinçi yoki ikkinçi guruh nogironi bölgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan, şuningdek, umumiy örta ta’lim (11-sinf negizida) yoki örta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatgani haqidagi hujjatga ega bölgan ehtiyojmand oilalardagi barça talabgor xotin-qizlarga beriladi.