31 may, juma kuni Rossiya Adliya vazirligi «çet el agentlari» reyestrini yangiladi. Unga jurnalist va siyosatçi Yekaterina Dunsova, huquq himoyaçisi Marina Litvinoviç, safarbar qilinganlar xotinlarining «Uyga yöl» harakati va uning yetakçilaridan biri Mariya Andreyeva kirdi. Bundan taşqari, Sota va Republic naşrlari, şuningdek, Sota fotografi Pavel Ivanov «çet el agentlari» röyxatiga qöşildi.
Idora ularning reyestrga kiritilişini «Rossiya Federatsiyasi, şuningdek, Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuçlari haqida salbiy imij yaratişga qaratilgan yolğon ma’lumotlarni tarqatganliklari» bilan asosladi.
Dunsova: Bu mening saylovda qatnaşmasligim uçun qilingan
Yekaterina Dunsova «çet el agentlari» röyxatga kiritilişi qaroriga rozi emasligini va unga e’tiroz bildirişini aytdi. «Bu mening şaxsan saylovlarda iştirok etişimga va «Tong» partiyamizdan nomzodlarga yordam taqdim etişimga xalaqit beriş uçun qilingan», — deb yozgan siyosatçi özining Telegram-kanalida. U Adliya vazirligida iştiroki körsatilgan internet-sahifalari va Telegram-kanallariga aloqasi yöqligini ta’kidladi.
Dunsova, şuningdek, Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi rahbarining «çet el agenti» maqomiga qarşi çiqişga uringanlarning heç biri «Rossiya manfaatlariga xizmat qilişini» aytmagani haqidagi sözlarini esladi. «Şunday ekan, men Rossiya tarafdoriman va çet elning bizning işlarimizga aralaşuviga qarşi ekanligimni e’lon qilaman», dedi u. Dunsovaning sözlariga köra, uni reyestrga kiritiş «Tong» partiyasi qurilişiga tösqinlik qilmaydi va uning a’zolariga heç qanday ta’sir körsatmaydi.
«Çet el agentlari»siz bir yarim oy
Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi «çet el agentlari» reyestrini bir yarim oy davomida yangilamadi, röyxat oxirgi marta 12 aprelda yangilangan. Öşanda unga jurnalistlar Ilya Barabanov, Asya Kazanseva va Ivan Filippov, huquq himoyaçisi Ivan Astaşin va siyosatçi Nikolay Kuzmin kiritildi.













