Jurnalist va siyosatçi Yekaterina Dunsova Rossiyada erkin internet uçun «uyda norozilik»ni taşkil etiş niyatini e’lon qildi.

Dunsova özining telegram kanalida yozişiça, rasmiylar sönggi paytlarda köça noroziligining deyarli har qanday şaklini taqiqlamoqda, şuning uçun u odamlarni köçaga çiqarmasdan noroziligini bildirmoqçi.

«Butun hafta davomida soat 8 da derazalarni oçib, erkin internet uçun şovqin-suron kötariş - huştak çaliş, kastryulkalarni taqillatiş, musiqani yoqiş, har qanday xavfsiz usulda va ruxsat etilgan şovqin darajasi doirasida», deb yozdi siyosatçi.

Dunsovaning ta’kidlaşiça, bunday norozilik rasman taqiqlanmagan, ammo «barçamiz bugungi kunda qonun qançalik moslaşuvçan talqin qilinayotganini tuşunamiz».

Şu munosabat bilan u Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin, Federatsiya kengaşi rahbari Valentina Matviyenko, Tergov qömitasi raisi Aleksandr Bastrikin, içki işlar vaziri Vladimir Kolokolsev va boş prokuror Aleksandr Gusanga murojaat yölladi. U barça xohlovçilarni şunday savol bilan hokimiyat vakillariga murojaat qilişga çaqirdi.

Yekaterina Dunsova - jurnalist va Rjyev şahri dumasining sobiq deputati. 2024 yilda u Rossiya prezidenti saylovida iştirok etişni rejalaştirgan edi, biroq Markaziy saylov komissiyasi uni röyxatdan ötkazişni rad etdi. Şundan söng, u özining «Tong» siyosiy partiyasini tuzişga harakat qildi, biroq Rossiya Adliya vazirligi uni röyxatdan ötkazişdan boş tortdi.

2024 yil may oyida (prezidentlik saylovidan ikki oy ötgaç) Rossiya hukumati Dunsovani «çet el agenti» deb e’lon qildi.