2023 yilda Adliya vazirligida milliy qonunçilikni JST bitimlariga uyğunlaştiriş böyiça maxsus boşqarma taşkil etilganidan buyon 700 dan ortiq qonunçilik hujjatlari loyihalari JST qoidalariga muvofiqligini baholaş uçun ekspertizadan ötkazildi.

Bu haqda 31 may kuni Adliya vazirligida “Milliy qonunçilikni Jahon savdo taşkiloti bitimlariga uyğunlaştiriş masalalari” mavzusida bölib ötgan konferensiyada adliya vaziri örinbosari Alişer Karimov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Uning ta’kidlaşiça, Özbekistonning JSTga a’zo böliş jarayoni faol bosqiçga ötganidan söng milliy qonunçilikni JST bitimlariga uyğunlaştiriş maqsadida 2023-2024-yillar davomida 24 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan va 40 ga yaqin hujjatlarni uyğunlaştirişga erişilgan.

“Qabul qilingan hujjatlar qatorida 2024 yil 15 fevraldagi 908-sonli qonun alohida örin egallaydi. Unga muvofiq, xorijiy investitsiyalar iştirokidagi korxonalar va mahalliy korxonalarni davlat röyxatidan ötkazganlik uçun tölanadigan davlat boji miqdori birxillaştirildi va 1 BHM miqdorida belgilandi (oldin xorijiy investitsiyalar iştirokidagi korxonalar BHMning 10 baravari miqdorida davlat boji tölagan, mahalliy korxonalar esa 1 BHM).

Bundan taşqari, uşbu qonun intellektual mulk sohasidagi qonunçilikka bir qator muhim özgarişlar kiritdi. Xususan, qonun rezidentlar va norezidentlar tomonidan intellektual mulk huquqini röyxatdan ötkaziş uçun davlat bojini undiriş böyiça kamsituvçi qoidalarni bekor qildi, patentlar sohasida majburiy litsenziyalaş asoslarini örnatdi”, – deydi Alişer Karimov.

Vazir örinbosariga köra, 2024 yilning 5 aprel kuni 30 ta banddan iborat, yangilangan Milliy qonunçilikni JST bitimlariga muvofiqlaştiriş böyiça iş reja hamda 26 ta qabul qilingan hujjat va loyihalarning (18 ta qabul qilingan hujjatlar va 8 ta işlab çiqilgan loyihalar) tarjimalari JSTga a’zo davlatlarga körib çiqiş uçun taqdim etilgan.

Foto: Adliya vazirligi

Tadbirda iştirok etgan Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’uli Iskandar Genjayevning ta’kidlaşiça, hozirda Özbekiston bilan 30 dan ortiq davlatlar ikki tomonlama muzokaralarga kirişgan va 11 ta davlat bilan muzokaralar yakunlangan.