Içki işlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabariga köra, ular soxta sayt yaratib, Instagram orqali «kompensatsiya rasmiylaştiriş markazi» nomi ostida yolğon reklama tarqatgan.

Tergov ma’lumotlariga köra, jinoiy guruhni 1993 yilda Xorazm viloyatida tuğilgan şaxs taşkil etgan. U soxta sayt orqali fuqarolarning karta ma’lumotlarini qölga kiritib, pullarni yeçib olgan. Guruh 26 nafar fuqaro nomiga rasmiylaştirilgan 293 ta bank kartasidan foydalangan. Öğirlangan mablağlar dastlab uşbu kartalarga ötkazilgan, keyin esa Telegram messenjeridagi maxsus kriptobotlar orqali kriptoaktivlarga aylantirilgan.

Tergov davomida mazkur jinoiy guruh respublika böylab 456 nafar fuqarodan 1 milliard sömdan ortiq mablağni özlaştirgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 278-6-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.