Bir paytlar kriptovalutani «narkodilerlar va firibgarlarning uyasi» deb qoralagan Tramp 2025 yilda bu sohadan 1,4 milliard dollar daromad kördi. Tramplar oilasining BAA bilan tuzgan şubhali bitimi esa – AQŞ taşqi siyosati va şaxsiy tadbirkorlik örtasidagi çegaralarni xiralaştirib yubordi, deb yozmoqda New York Times.

AQŞda 2025 yil uçun majburiy moliyaviy hisobot – deklaratsiyalar e’lon qilindi. Uşbu hujjatlarga köra, AQŞ prezident Donald Tramp Oq uyga qaytgan birinçi yilidanoq aql-bovar qilmas darajada katta daromad körgan. Jumladan, uning oilasiga tegişli kriptovaluta biznesidan taxminan 1,4 milliard dollar kelib tuşgan.

Umuman olganda prezident Tramp kamida 2,2 milliard dollar işlab topgan. Bu miqdorga uning ulkan boyliklarining boşqa qismlari, masalan, köçmas mulk aktivlari ham kiradi. Ammo, Tramp prezidentlikka qaytişidan oldin, ya’ni butun 2024 yil davomida uning bizneslari 622 million dollar daromad keltirgandi.

Taşqi siyosat va şaxsiy biznes örtasidagi çegaralar

New York Times naşri uşbu moliyaviy hisobot Trampning biznes operatsiyalari ortidagi pardani oçganini tahlil qildi.

Bulardan birinçisi BAA bilan şubhali bitim. Trampning 2025 yildagi eng katta daromadlaridan biri - Birlaşgan Arab Amirliklari hukumatiga aloqador bölgan investitsiya firmasi Tramplar oilasining asosiy kriptovaluta kompaniyasi — World Liberty Financial'ning 49% uluşini sotib olganida yuz berdi.

Bu bitim AQŞ taşqi siyosati va şaxsiy tadbirkorlik örtasidagi çegaralarni xiralaştirib yubordi. Tez orada BAA yetakçilari Tramp ma’muriyati bilan sun’iy intellektni harakatga keltiruvçi qimmatbaho kompyuter çiplarini eksport qiliş böyiça kelişuvga erişdi. Garçi, ba’zi milliy xavfsizlik mulozimlari bu kelişuvga e’tiroz bildirgan bölsa-da. Hujjatda Trampga 200 million dollardan ortiq daromad keltirgan nomi körsatilmagan investitsiyalar qayd etilgan.

Yana bir daromad manbai xalqaro litsenziyalar. Trump Organization kompaniyasi Trampning nomi va brendini AQŞ taşqi siyosiy manfaatlari uçun öta muhim bölgan mamlakatlar, jumladan, Saudiya Arabistoni va Qatardagi köçmas mulklarga litsenziyaladi. Faqat şu ikkita kelişuvning özi ötgan yili Trampga