Qozoğistonda qariyb 30 tonnaga yaqin pomidor zararli ekani sababli eksport qiluvçi mamlakatlarga qaytarildi. Bu haqda Qozoğiston Qişloq xöjaligi vazirligi Agrosanoat majmuasidagi davlat nazorati qömitasi xabar berdi. 

«2024 yilda Turkiston viloyatida joylaşgan fitosanitariya nazorati postlari orqali 1075 ta avtomaşinada jönatilgan 15,6 ming tonna pomidor mahsuloti olib kirildi. Şu bilan birga, fitosanitariya talablari buzilganligi (fitosanitariya sertifikati, yorliği yöqligi) tufayli hajmi 29,5 tonnani taşkil etgan pomidor eksport qiluvçi davlatga qaytarildi», deyiladi xabarda. 

Qayd qilinişiça, 4 tonnadan ziyod pomidor Özbekistonga qaytarilgan. 

«Zararlaniş holatini aniqlaş maqsadida pomidor, baqlajon, şirin qalampirning har bir partiyasi tegişli karantin fitosanitar ekspertizasidan ötkazildi, oqibatda «jigarrang pomidor virusi» aniqlandi. Mahsulotlar zararlangani sababli 56,1 tonna pomidor Turkmanistonga, 4,2 tonna pomidor Özbekistonga qaytarildi», deyiladi xabarda. 

Şuningdek, 2024 yil boşidan buyon fitosanitariya talablariga javob bermaydigan, import qilingan 497 ming tonnadan ortiq mahsulot fitosanitariya nazorati punktlariga qaytarilgan.