Xarkiv oblasti şimolida Rossiya qöşini uç hafta oldin ança muvaffaqiyatli boşlagan yuriş Ukraina qurolli kuçlari şoşilinç tarzda zaxira kuçlarini olib kelişi tufayli sustlaşdi — va iyun oyi boşiga kelib amalda töxtab qoldi. Ikki yönalişda harakatlangan Rossiya bölinmalari Lipsi hududidagi mustahkamlangan istehkomlarda hamda Vovçansk (rusça Volçansk) şahridagi kvartallarda qotdi. Janglar davom etmoqda, ammo kun sayin pozitsion xarakterga ega bölib bormoqda. Rossiya nimaga erişdi va voqealar rivoji qanday keçişi mumkin?

Rossiya mudofaa vazirligi öz hisobotlarida ukrainlarning Xarkiv oblastidagi mudofaasiga içkarilaşda davom etilayotganini aytmoqda, ammo Z-blogerlar ham, boşqa mustaqil manbalar ham qandaydir jiddiy hududiy yutuqlar haqida ma’lumot bermay qöygan.

Amerikadagi Uruşlarni örganiş instituti (ISW) sönggi hisobotlaridan birida Rossiya qöşini Lipsidan şimoldagi Glubokoye va Vovçanskdan ğarbdagi Staritsi qişloqlari hududlarida biroz oldinga siljigani haqida yozgan. Ukrainaning DeepState portali yangilagan xaritasiga köra, gap yuriş qiluvçi tomon bir neça kun içida bir neça yuz metr masofani bosib ötgani haqida bormoqda.

«Yaqin haftalar içida biz tomonimizdan katta miqyosdagi yutuqlarni kutiş qiyin, — deb hisoblaydi rossiyalik „voyenkor“ Aleksandr Kots. — Biz raqibni Volçanskdagi daryo ortiga çekintirişda davom etyapmiz, ammo endi egallangan marralarda mustahkamlab oliş va qarşi zarbalarga tayyorlaniş lozim. Qarşi zarbalar bölişiga esa şubha yöq. Raqib bu yerga katta guruh olib kelgani bejiz emas».

Front çiziği Vovçansk markazidan ötmoqda, uruşgaça 18 ming kişi yaşagan şahar vayronaga aylangan
Libkos / Getty Images

Rossiya şimoldan hujum qilişi bilan nimaga erişdi?

Öz-özidan ma’lumki, hozir faqat oraliq natijalar haqida gapiriş mumkin.

May oyi boşidan buyon Rossiya qöşini Ukrainaning 280 kv. km hududini egallab oldi, şundan 200 kv. km qismi — aynan Xarkiv oblasti hududida. Bir tomondan, köp emas. Boşqa tomondan, pozitsion uruş şaroitida bunça hududni qaytarib oliş — oson vazifa emas.

Rossiya qömondonligi birinçi bosqiçdagi taktik muvaffaqiyatni rivojlantirişga harakat qilmadi yoki buni uddalay olmadi, holbuki deyarli jangsiz va minimal yöqotişlar bilan birinçi ta’minot çiziği ortda qoldirilgan hamda ukrain mudofaasining asosiy çiziğiga tahdid yuzaga keltiriş imkoniyati yuzaga kelgandi.