Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida 31 may kuni futbol musobaqasi paytida tartibsizlik keltirib çiqarib, içki işlar organi xodimlariga faol qarşilik körsatgan fuqarolarga qonuniy çora körildi.
Şu kuni aholi yoşlar örtasida futbol va mini-futbol musobaqalarini ötkaziş uçun tumanning Obod turmuş mahallasida yiğilgan. Öyin boşlaniş vaqtida tomoşabinlardan biri (1990 yilda tuğilgan) maydonni tark etmasdan, musobaqani boşlaşga xalaqit bergan.
Fuqaro uni maydondan çiqariş uçun kelgan IIO xodimlarining qonuniy talablariga böysunmasdan, faol qarşilik körsatgan. U 12 nafar mahalladoşi bilan birga jamoat tartibini buzib, futbol maydonida şovqin kötarib, musobaqa buzilişiga sababçi bölgan.
Uşbu 13 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183- (Mayda bezorilik), 194- (Içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (Içki işlar organlari xodimlarining öz xizmat burçlarini bajarişlariga qarşilik körsatiş) bilan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.








