15 iyun kuni Şveytsariyaning Lyutsern şahrida bölib ötadigan Ukraina böyiça tinçlik sammitida AQŞ nomidan vitse-prezident Kamala Harris iştirok etadi. Bu haqda Oq uy xabar berdi. 

«Vitse-prezident Oq uy ma’muriyatining Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligi hamda BMT Nizomi tamoyillariga asoslangan adolatli va mustahkam tinçlikka erişiş yölidagi Ukraina sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlaşga sodiqligini ta’kidlaydi», deyiladi xabarda. 

Sammit davomida Harrisga milliy xavfsizlik böyiça AQŞ prezidenti maslahatçisi Jyeyk Sallivan hamrohlik qiladi.

Ukrainada tinçlikka erişiş böyiça muzokaralarga bağişlangan sammit 15-16 iyun kunlari Şveytsariyada bölib ötadi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning sözlariga köra, tomonlar uçraşuvda boşqa masalalar qatori yadroviy va oziq-ovqat xavfsizligi, şuningdek, «birga bir» formulasi asosida harbiy asirlarni almaşiş masalalarini muhokama qilişni rejalaştirmoqda. Sammitda 160 davlat iştirok etadi, Rossiya unda qatnaşiş uçun taklifnoma olmagan.

Avvalroq, Zelenskiy prezident Baydenning sammitda iştirok etmaslik qarorini tanqid qildi. «Menimça, bu juda kuçli qaror emas. Bayden sammitda iştirok etişi kerak. Bu, şuningdek, AQŞ reaksiyasini kutib turgan boşqa liderlar uçun muhim. Uning qatnaşmasligini faqat Putin olqişlaydi, hatto tik turib olqişlaydi», dedi u. Bloomberg naşriga köra, sammit kunlari Baydenning Kaliforniyadagi saylovoldi kampaniyasi tadbirlariga töğri kelgani uçun ham u sammitni ötkazib yuboradi. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin sammitdan maqsad turli mamlakatlardan «olomonni» yiğiş, söngra qabul qilingan rezolyutsiyalarni kollektiv qaror deb e’lon qiliş va Rossiyaga «ultimatum» qöyiş ekanligini aytdi. «Voqealar rivoji bunday bölmaydi», dedi u.