Alanya Turkiyaning eng gözal şaharlaridan biri hisoblanadi. Örtayer dengizi sohillari va Toros toğlari etaklarida joylaşgan hudud takrorlanmas tabiat gözalligi, bir neça ming yillik tarixga ega qal’alari hamda barça imkoniyatlarga ega mehmonxonalari bilan turistlarni öziga jalb qilib keladi.

Uç qismli qal’a

Alanyaga sayohatni hududdagi yarimorolçada joylaşgan Alanya qal’asi bilan tanişişdan boşlagan ma’qul. Negaki, bu yer, ya’ni qal’aga çiqiş nuqtasi bölgan Damlataş köçasi Alanya şahri markazi hisoblanadi.

Alanya qal’asi uç qismdan — quyi qal’a, örta qal’a va içkari qal’adan iborat. Ma’lumotlarga köra, quyi qal’ada oddiy odamlar, örta qal’ada saroyda işlaydiganlar va içkari qal’ada hukmdorlar yaşagan. Qal’a içkarisida hozirgi kunda ham mahalliy aholining yaşaş uylari bor.

Qal’a atrofini Örtayer dengizi tölqinlari yuvib turgan tepalikda qurilgan. Tarixi miloddan avvalgi bir neça yuz yillikka borib taqaluvçi qal’a 1221 yilda Saljuqiylar sultoni Alovuddin Kaykubod tomonidan zabt etilgan. Uning davrida qal’ada köplab qurilişlar amalga oşirilgan.

Keyinçalik qal’a davlat işlarini örganişi uçun Alanyaga yuborilgan Usmoniylar şahzodalarining yozgi qarorgohi vazifasini ham ötagan. 

Qal’aga piyoda yoki istasangiz kanat yöli orqali kötarilsangiz böladi. Qal’aning hukmdorlar yaşagan eng yuqori qismida dengizning gözal manzaralarini hamda Kleopatra plyajini kuzatiş mumkin.

“Yorilgan” toğ – Sapadere kanoni

Alanyaning navbatdagi gözal maskani Sapadere kanoni hisoblanadi. Uning uzunligi 750 metrni, balandligi 400 metrni taşkil qiladi.

Kanonning kiriş qismidan 600 metr masofaga qadar maxsus yölak qurilgan. Yölakning pastki qismidan esa soy oqib, şarşaralar hosil qilib turibdi. Sapadere kanoniga borib, tabiatning betakror manzaralarini tomoşa qiliş, hattoki soy suvida çömiliş mumkin.

Davolvoçi ğor

Alanyaga borganlar Dim va Damlatoş ğorlarini körmasdan qaytmaydi. Negaki, mazkur ğorlardagi şifobaxş havo köplab nafas yöllari kasalliklari uçun davo ekani aytiladi.

Dim ğorining yoşi taxminan 1 mln yilga teng. Uning uzunligi 360 metrni, kengligi va balandligi 10-15 metrni taşkil qiladi. Ğor içida turistlar qulay yurişi uçun maxsus yölak qurilgan. 

Gerakl hikoyalari – Siyedra antik şahri

Alanyada körib hayratlaniş mumkin bölgan yana bir manzil şahar markazidan taxminan 20 km uzoqlikda, toğ ustida, mahalliy aholi tomonidan Asar Tepe deb nomlangan tepalikda joylaşgan Siyedra antik şahridir.

Tarixi miloddan avvalgi VII-VI asrlarga borib taqaladigan Siyedra antik şahrida Rim hammomi, dökonlar, teatr, uylar xarobalarini köriş mumkin. Siyedrada 1800 yillik zinalar öz holida saqlanib qolgan.

Ayniqsa, antik şahardagi hammom alohida e’tiborni tortadi. Çunki hammomning pol qismiga mozayka körinişida afsonaviy qahramon Geraklning hikoyalari tasvirlangan. 

Siyedrada hozirgi kunda ham arxeologik qazişma işlari davom ettirilmoqda. 

Oçiq dengizga sayohat

Toğlardagi qal’alarni körib qaytgaç, oçiq dengizga sayohatga çiqiş mumkin. Bu sayohatçi uçun hayajonli böladi. Negaki, Örtayer dengizidan turib Alanya manzaralarini tomoşa qiliş, dengizda çömiliş sayohatçiga özgaça zavq bağişlaydi.

4-5 soatlik dengiz sayohati unutilmas lahzalarni hadya qiladi va bu manzillarga qaytib boriş istagi tuğiladi.

Bulardan taşqari, Alanyada qalin örmon bilan qoplangan Toros toğlariga çiqib, bu yerlardagi turk milliy oşxonalarida nonuşta qiliş, şuningdek, şahar markazidagi xalq bozoriga tuşib, baliq va dengiz mahsulotlaridan, turli xil mevalar hamda giyohlardan tayyorlanadigan turk çoylaridan sotib oliş mumkin.  

Yaqinda özbekistonliklar uçun Alanyaga boriş yanada qulay böladi. Asialuxe Travel turoperatori Özbekiston şaharlaridan Alanyaga töğridan töğri reyslarni amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Bungaça esa Asialuxe Travel turoperatorining töğridan töğri reyslari orqali Antaliyaga uçib, söngra maşinada Alanyaga boriş mumkin.