Infinbank’ning Andijon filiali sobiq mansabdorlariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qildi.
Manbaga köra, “Infinbank” AJ Andijon viloyati filiali sobiq boşqaruvçisi F.A. hamda sobiq xodim N.K. Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda firibgarlik) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandida körsatilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda gumonlanmoqda.
Tergov hujjatlarida keltirilişiça, F.A. va N.K.ning qilmişi avtokreditlar bilan boğliq. Ular “Mega Oil Baraka Gold”, “Ibroxim Elegant” MÇJlar rahbari J.M. va unga daxldor bölgan şaxslar bilan özaro jinoiy til biriktirişgan. Ya’ni, tekin daromad oliş ilinjida kredit mablağlarini oliş uçun kredit oluvçi va ularga kafil sifatida körsatilgan fuqarolarni “Mega Oil Baraka Gold” MÇJda turli lavozimda işlayotganligi, “Ibroxim Elegant” MÇJ tomonidan esa 11 ta avtokredit böyiça kredit ta’minoti sifatida bino va inşootlarini qöyganligini körsatib, hujjatlarni qalbakilaştirişgan. Söngra qalbaki hujjatlardan foydalanib, ğayriqonuniy bank operatsiyalari orqali 11 ta holatda bankning 4 mlrd söm pul mablağlarini özlaştirib yuborgan.
Bankka yetkazilgan moddiy zararni qoplaş maqsadida qalbaki hujjatlar asosida talon-toroj qilingan pul mablağlari hisobiga olingan, ayni paytda fuqarolarga tegişli bölgan jami 26 ta, jumladan, 6 ta Equinox, 7 ta Malibu, 4 ta Nexia, 4 ta Cobalt va boşqa şu kabi maşinalar xatlanib, jarima maydoniga joylaştirilgan.
Manbaning aytişiça, kreditga olingan uşbu avtomobillarning ayrimlari ayblanayotgan şaxslar tomonidan boşqa fuqarolarga sotilib, sotuvdan tuşgan pullar öz ehtiyojlariga işlatib yuborilgan. Ularning garovga qöyilgani negadir notarial oldi-sotdi jarayonida ham ma’lum bölmagan.
“Infinbank” AJ Andijon viloyati filiali sobiq boşqaruvçisi F.A. tergovdan yaşiringani aytilmoqda. Manbaga köra, u xorijiy davlatga çiqib ketgan bölişi mumkin.
Jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari Içki işlar vazirligining Tergov departamenti tomonidan olib borilmoqda.








