2024 yil 1 sentabrdan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni markirovkani öqiş qurilmalaridan foydalanmagan holda sotiş holatlari soliq organlari bazasi ma’lumotlari asosida aniqlanganda, uşbu tadbirkorlik sub’yektlari şaxsiy kabineti orqali holat yuzasidan ogohlantiriladi hamda quyidagi çoralarni köriş amaliyoti joriy etiladi:

  • ikki marta ogohlantirişdan söng qonun buzilişi bir oy içida qayta takrorlangan taqdirda, tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan huquqbuzarlik sodir etilgan çorakdagi faoliyat yuzasidan soliq tekşiruvi tayinlanadi;
  • qonun buzilişi soliq tekşiruvi yakunlangandan bir oydan keyin qayta takrorlanganda tadbirkorlik sub’yektlarini xabardor qilmasdan hamda Biznes-ombudsmanni tekşiriş kunida xabardor qilgan holda soliq tekşiruvi tayinlanadi;

soliq organlariga:

  • majburiy raqamli markirovkalanişi lozim bölgan mahsulotlar böyiça aniqlangan qalbaki va kontrafakt holatlar hamda markirovkalaş qoidalari buzilganligi yuzasidan tekşiruvlarni tadbirkorlik sub’yektlarini xabardor qilmasdan hamda Biznes-ombudsmanni kunida xabardor qilgan holda amalga oşiriş;
  • har çorakda majburiy raqamli markirovkalanişi lozim bölgan mahsulotlarning çakana savdosi bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan soliq tekşiruvlarini amalga oşiriş vakolati beriladi. 

 
2027 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik sub’yektlari uçun markirovkani öqiş qurilmalarini sotib oliş bilan boğliq xarajatlar summasiga, biroq bitta qurilma uçun BHMning 4 baravaridan köp bölmagan miqdorda, hisoblangan va tölanişi lozim bölgan foyda soliği yoki aylanmadan olinadigan soliq YaTTlar tomonidan tölanadigan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği summalarini kamaytiriş huquqi berilmoqda.