Qarorga köra, inspeksiyani boşliğini boş prokuror lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi. Inspeksiya boşliği maqomi, mehnatga haq tölaş şartlari, tibbiy va transport xizmati körsatiş şaroitlari böyiça departament boşliği örinbosariga tenglaştiriladi.

Inspeksiya özining yuridik şaxs taşkil etmagan holda budjetdan taşqari jamğarmasiga ega böladi.

2025 yil 1 yanvargaça quyidagi axborot tizimlari (hisobga oliş axborot tizimi) joriy etiladi:

  • iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini işlab çiqariş va ularning aylanmasi hajmini hisobga oliş axborot tizimi;
  • iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini işlab çiqarişni va ularning aylanmasini nazorat qiliş böyiça xavfni tahlil qiliş tizimi;
  • iste’mol va texnik etil spirti taşuvçi avtotransport vositalari harakatini markazlaştirilgan tarzda monitoring va nazorat qiliş imkoniyatiga ega geoaxborot tizimi.

Bunda, 2025 yil 1 yanvargaça hisobga oliş axborot tizimlari özaro axborot almaşinuvini yölga qöyiş uçun Soliq qömitasi, Bojxona qömitasi, Kadastr agentligi, Respublika tovar-xomaşyo birjasi, “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalaş va kuzatib boriş milliy axborot tizimi hamda boşqa manfaatdor idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi.

Eslatib ötamiz, muqaddam bu yönalişda Özbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga soliş hamda vinoçilikni rivojlantiriş agentligi faoliyat yuritgan, agentlik ma’muriy özgarişlar mobaynida 2023 yil 1 yanvardan boşlab tugatilgan edi.