4 iyun kuni JST boş direktori Ngozi Okonjo-Iveala Özbekistonga keldi. 5 iyun kuni esa Toşkent şahrida, Hilton mehmonxonasida “Özbekistondagi iqtisodiy islohotlar va Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayoni” mavzusidagi konferensiyada iştirok etdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Tadbirda Özbekiston prezidenti yordamçisi Saida Mirziyoyeva, boş vazir örinbosari Jamşid Xöjayev, Özbekistonning JSTga a’zo böliş böyiça boş muzokaraçisi, prezidentning JST masalalari böyiça vakili Azizbek Örunov, prezident maslahatçisi Ravşan Ğulomov, Senat raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev hamda Jahon banki, Xalqaro valuta jamğarmasi vakillari iştirok etdi.

Konferensiyada sözga çiqqan JST boş direktori Ngozi Okonjo-Iveala taşkilotga 3 yil oldin direktor etib tayinlaganidan beri Özbekistonning JSTga a’zo böliş jarayonini yaqindan kuzatayotganini ta’kidladi.

“Kuç-quvvat va jasoratni qadrlayman, bu – a’zollikka da’vogar davlatlar orasidan birinçi bölib taşrif buyurişga Özbekistonni tanlaganimning sababidir. Hukumatga bu bilan qöllov-quvvatlovimni körsatmoqçi böldim, siz a’zolik jarayonlarida duç kelayotgan qiyinçiliklarni raqamlar tasdiqlab turibdi. A’zolik jarayonlari qayta tiklanganidan keyin 4 yil ötdi. 15 yillik jarayonlardan keyin, oxirgi 18 oyda muzokaralar jadallaşdi”, – dedi JST boş direktori.

Uning ta’kidlaşiça, hozirda JSTga a’zo bölişga 22 ta davlat nomzodlik qilmoqda. Ngozi Okonjo-Iveala har bir davlatning a’zo böliş jarayoni öziga xos bölsa-da, jarayonni muvaffaqiyatli amalga oşiriş uçun 5 ta asosiy komponent zarurligini ta’kidladi. Bular:

  • kuçli siyosiy iroda;
  • idoralararo muvofiqlaştirişning samarali mexanizmi;
  • malakali boş muzokaraçi boşçiligidagi mehnatsevar texnik muzokaraçilar guruhi;
  • hamkorlarning qimmatli yordami;
  • amaliy harakatlarning vaqtlarini belgilovçi yöl xaritasi.

Ngozi xonim bu komponentlarning har biriga alohida töxtaldi.

“Birinçidan, siyosiy iroda. Ötgan ön ikki oy davomida men Özbekiston prezidenti janobi oliylari, prezident yordamçisi va boş vazirning ikki örinbosari, şuningdek, Jyenevada boş muzokaraçi va elçilar bilan uçraşdim. Ularning messeji aniq: JSTga a’zo böliş – hukumatning ustuvor yönalişi. Bu qöşiliş jarayonini yakunlaş uçun eng muhim tarkibiy qism.