Toşkentda 5-7 iyun kunlari “Dalillarga asoslangan harakat” mavzusidagi bolalar onkologiyasi va gematologiyasi böyiça I xalqaro kongress ötkazilmoqda.
Kongress Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan JSST, Xalqaro bolalar onkologiyasi jamiyati, Yevropa onkologiya maktabi bilan hamkorlikda taşkil qilindi.
Kongress 300 dan ziyod iştirokçi, şu jumladan JSST, Xalqaro bolalar onkologlari jamiyati, Yevropa onkologlar maktabi, xorijiy universitet klinikalari va yetakçi tibbiyot markazlari rahbarlari, xalqaro va milliy ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati vakillarini töpladi.
Kongressda qatnaşgan Zamin fondi Vasiylik kengaşi raisi Ziroat Mirziyoyeva öz nutqida "bu yerga biz yagona maqsadni közlab, öğil-qizlarimizning hayotiga zomin bölayotgan eng oğir kasalliklardan birini yengiş uçun yiğildik. Har bir bola yaşaşga haqlidir. Bolalar kelajakda soğlom bölişi, tölaqonli hayot keçirişi uçun barça imkoniyatlarni işga soliş bizning burçimizdir", deb ta’kidladi.
Bolalar onkologiyasi va gematologiyasi tibbiyotning eng murakkab sohalaridan biridir. Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining ma’lumotiga köra, har yili 0-19 yoşgaça bölgan 400 ming nafarga yaqin bolalar va ösmirlar saraton kasalligiga çalinadi.
“JSST xalqaro miqyosda tibbiyotga oid meyor va standartlarni işlab çiqiş bilan şuğullanadi. Bugungi kongress doirasida Özbekistonga bolalar onkologiyasi va gemotologiyasiga oid eng yaxşi amaliyot, körsatmalar taqdim qilinmoqda.

Ğarb davlatlarida bolalarning saratondan tuzaliş körsatkiçi 80 foizni taşkil qiladi. Ya’ni saratonga çalingan bolalarning 80 foizi yaşaşda davom etadi. Özbekistonda esa bu körsatkiç 40 foizga yaqinni taşkil qiladi. Biz bu körsatkiçni özimizda allaqaçon mavjud bölgan vositalar bilan oşira olamiz.
Albatta, saratondan omon qoliş körsatkiçi birdaniga oşib qolmaydi. Bu uzoq muddat davomida sodir böladigan jarayon va soğliqni saqlaş tizimidagi özgarişlar bilan birga amalga oşadi.
Lekin fikrimça, eng asosiy özgariş odamlarning turmuş tarzida bölişi kerak. Bu avlodlar almaşinuvi darajasidagi vaqtni olişi mumkin.
Lekin eng yaxşi tarafi buni amalga oşiriş uçun yuqori darajada siyosiy qiziqişning borligidir. Yuqori darajadagi siyosatçilarning bu mavzuga qiziqişi, ularning majburiyati borligi öylangan rejalarni amalga oşiriş imkonini beradi”, dedi JSSTning Özbekistondagi vakili Asheena Khalakdina Kun.uz’ga bergan intervyusida.













