Özbekistonda may oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanişlar natijasida davlat manfaatlariga 67 milliard 825 million sömlik zarar yetkazildi.
“Özenergoinspeksiya” xabariga köra, may oyida ötkazilgan nazorat tadbirlarida 971 ta holatda iste’molçilarning tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Bunda, 39 milliard 332 million sömlik elektr energiyasi (46 million 264 ming kilovatt-soat) va 28 milliard 492 million sömlik tabiiy gaz (18 million 124 ming metr kub) talon-toroj qilinişi natijasida davlat manfaatlariga jami 67 milliard 825 million sömlik zarar yetkazilgan.
Noqonuniy foydalaniş holatlarining eng köpi Navoiy, Surxondaryo va Andijon viloyatlari hissasiga töğri keladi. Qoidabuzar iste’molçilarga nisbatan belgilangan tartibda çoralar körilib, tegişli hujjatlar huquqni muhofaza etuvçi organlarga taqdim qilingan.












