Bodrumga yetib boriş qiyin emas. Uzbekistan Airways şanba kunlari Milas-Bodrum aeroportiga töğridan töğri mavsumiy çarterlarni amalga oşirmoqda. Bu — Egey dengizi böylab sayr qiliş uçun ajoyib imkoniyat.

Turkiyaning boşqa şaharlaridan farqli ölaroq Bodrum yarimorolida qarağayli örmonzorlarni körmaysiz, qoyali va serdaraxtli kiçik toğlar özimizning Samarqand va Şahrisabz örtasidagi Taxtiqoraça dovonini eslatib yuboradi. Şahar yaşillik va gullarga burkangan. Gul östirişga bölgan hafsala va e’tibordan lol qolasiz.

Havosi juda mayin va mö’tadil, doim yengil şabada esib turadi. Ayni kunlarda havo harorati +30...+32, dengizda esa +24 daraja, bemalol, maza qilib çömilsa böladi. Turkiyaning Örta Yer dengizi böyida joylaşgan boşqa şaharlaridagi singari dimlik va namlik yöq. Bemalol, oilaviy dam oliş uçun ajoyib maskan.

Egey dengizining Kefaluka Resort hotelidan körinişi

Bodrum Turkiyaning qizil tomli boşqa şaharlaridan öz arxitekturasi bilan ham butkul farqlanadi. Bu yerda barça uylarning tomi çerepitsa yoki boşqa tomyopmalar bilan yopilmagan, uylarning maksimal ruxsat etilgan balandligi 3 qavat, uylar asosan 2 qavatli va eng asosiysi — ularning barçasi oq rangda. Bu ham şaharga qandaydir öziga xos mahobat va orastalik baxş etadi.

Uylar ma’lum bir arxitektura bilan quriladi va bu standartga şaharda qat’iy rioya qilinişi şart ekan. Qolaversa, Bodrum qarşisida Gretsiyaning Kos oroli joylaşgan. Bir paytlar bu yerda yunonlar yaşagan. Şu sababmi, bilmadim, turk arxitekturasidan köra yunon arxitekturasining nuqsi har qadamda bilinib turadi.

Gretsiyaning Kos oroli Bodrumdan körinişi.

Bodrum antik dunyoning yetti möjizasidan biri — Halikarnas maqbarasi joylaşgan maskan ham hisoblanadi. Hozir 45 metrli mavzoleyning vayronalari qolgan xolos. U 1402 yilda vayron qilingan. Bu inşoot qadimiy yunon şohi Mavzol şarafiga eramizdan avvalgi 360 yilda hozirgi Bodrumda barpo etilgan. (Darvoqe, mavzoley sözi mana şu insonning otidan kelib çiqqan ekan).