Ğazodagi vaziyat
Ğazoda 25 mingga yaqin Isroil hujumidan yarador bölganlar va boşqa bemorlar sektordan taşqarida davolanişga muhtoj, deyiladi Falastin Soğliqni saqlaş vazirligining Ğazodagi bölimi bayonotida.
2023 yil 7 oktyabrdan beri faqat 4895 kişi davolaniş uçun Ğazodan taşqariga çiqib ketişga muvaffaq bölgan.
Isroil armiyasi Rafah şahriga hujum uyuştirib, Misr bilan çegaradagi nazorat-ötkaziş punktini öz nazoratiga olgaç, birorta bemor yoki yarador sektorni tark eta olmagan. Bu esa minglab odamlarning hayotini xavf ostida qoldirmoqda, — deyiladi bayonotda.
Vazirlikka köra, Isroil Ğazodagi şifoxonalarga ataylab hujumlar uyuştirgani va ularni vayron qilganidan söng, kasal va yaradorlarning ahvoli yomonlaşmoqda.
Isroil agressiyaci tufayli uruşning 244-kuniga kelib Ğazodagi qurbonlar soni 36 ming 654 kişiga yetgan. Yaradorlar soni kamida 83 ming 309 kişini taşkil etmoqda, deb xabar beradi Falastin Soğliqni saqlaş vazirligining Ğazodagi bölimi.
Sönggi bir sutka içida Isroil harbiylari 6 ta ommaviy qirğin taşkillaştirib, 68 kişining ölimiga va 235 kişining yaralanişiga sababçi bölişdi.
Bu orada AQŞ, Germaniya, Fransiya va Britaniya davlat va hukumat rahbarlari HAMAS harakatini AQŞ prezidenti Jo Bayden yaqinda e’lon qilgan Ğazo sektoridagi harbiy mojaroga barham beriş rejasini qabul qilişga çaqirdi.
Yelisey saroyi tomonidan 6 iyun kuni keçqurun e’lon qilingan qöşma xatga köra, ular bu rejani töliq qöllab-quvvatlamoqda. Hujjatda, şuningdek, «davlat va hukumat rahbarlari Isroil xavfsizligiga sodiqliklarini» ta’kidlab, «Bayden rejasi»ni zudlik bilan amalga oşirişga çaqirişgan.
Tört davlat vakillari «Falastin ma’muriyati va boş vazir Muhammad Mustafoning islohot dasturini qöllab-quvvatlaşlarini» yana bir bor tasdiqladilar va hukumatni mintaqaviy va xalqaro qöllab-quvvatlaşni kuçaytirişga çaqirdilar.
Hujjatdan körinib turibdiki, imzolovçilar «Isroilning xavfsizlik ehtiyojlarini qondiriş bilan birga, tegişli xalqaro yordam bilan Ğazo sektorida qonuniy Falastin boşqaruvini tiklaş zaruriyatini» körmoqda.







