Germaniya va Fransiya Yevropa Ittifoqining haşamatli tovarlar, jumladan, avtomobillarni Belarus orqali uruşga qarşi sanksiyalar ostida bölgan Rossiyaga jönatiş imkonini beruvçi böşliqni yopiş niyatiga qarşi çiqdi. Bu haqda Politico internet-naşri 6 iyun, payşanba kuni diplomatik doiralardagi manbalariga tayanib yozgan. 

Politico’ning uç suhbatdoşiga köra, Berlin va Parijning qarşiligi Yevropa Ittifoqi davlatlarini Rossiyaga qarşi 14-sanksiya paketini va Belarusga qarşi şunga öxşaş çoralarni ikkiga böliş haqida öylaşga majbur qilgan. Naşrning ta’kidlaşiça, bu YeIga Belarusga qarşi sanksiyalar böyiça kelişmovçiliklarni hal qilişni keçiktirib, yirik gaz sanksiyalarini qöllaşga imkon beradi. 

«Yevropa Ittifoqi Belarusga qarşi sanksiyalarni Moskvaning Ukrainaga hujumidan oldin ham kiritgan va Minskni 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida Aleksandr Lukaşenko özini ğolib deb e’lon qilgan va tinç namoyişlarni bostirgani uçun jazolagan», - deya eslatdi material mualliflari. 

Ayni paytda, Minskka qarşi sanksiyalar Moskvaga nisbatan bölganidek keng qamrovli emas. Bu Rossiya Federatsiyasi bilan bojxona ittifoqiga ega bölgan Belarusga Rossiyaga olib kirilmoqçi bölgan sanksiyalangan tovarlar uçun «transport punkti» sifatida harakat qiliş imkonini beradi, deya aniqlik kiritiladi maqolada. 

2021 yildan beri YeIdan Belarusga avtomobil importi 4 baravar oşdi 

Ötgan yili Yevropa Ittifoqidan Belarusga avtomobil importi hajmi 2,6 milliard dollarni (2,4 milliard yevro) taşkil etdi, bu 2021 yilga nisbatan tört baravar köp, deb yozadi Politico Germaniya hukumati nomidan Ukraina, Moldova, Kosovo, Armaniston, Gurjiston va Özbekiston hukumatlariga (Belarus bilan maslahatlaşuv «muzlatilgan») iqtisodiy özgarişlar masalalari böyiça maslahat beruvçi Germaniya iqtisodiy jamoasi (The German Economic Team, GET) taşkiloti ma’lumotlariga tayanib.

Kuzatuvçilar qimmatbaho avtomobillar sohasida eng katta nisbiy ösişni qayd etdi. Importning umumiy ösişi uçdan ikki qismi – 1,4 milliard dollar (1,3 milliard yevro) uning hissasiga töğri keldi. Uşbu ösiş Belarusdagi içki avtomobil bozorining rivojlanişiga zid ekani hisobga olinsa, bu Rossiyaga keyingi eksport bilan boğliq, deya ta’kidlaydilar ular. 

Politico bilan suhbatda uşbu voqealar rivojini şarhlar ekan, Germaniya va Fransiyaning nomi oşkor etilmagan diplomatlari öz mamlakatlari sanksiyalardan böyin tovlaşning oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlarni qöllab-quvvatlaşini, lekin birinçi navbatda Rossiyaga harbiy tovarlar yetkazib berilişiga qarşi kuraşiş zarur, deb hisoblaşini ta’kidladi.