Iqlim özgarişi sabab butun dunyoda issiq tölqinlar oqimi köpaymoqda. Va bu tölqinlar havo harorati oşişi xavfini ham paydo qilmoqda. Issiq havo hammaga ta’sir qiladi. Biroq çaqaloqlar, keksalar kabi xavf guruhlariga uning ta’siri boşqalarga qaraganda ham köproq bilinadi.

Anomal issiq inson tanasiga qanday ta’sir qiladi?

Tana qizib ketganda qon tomirlari oçiladi. Bu qon bosimining pasayişiga olib keladi va yurak qonni tanaga haydaş uçun qattiqroq işlay boşlaydi. Natijada, tanada toşmalar, oyoqlarda şiş kabi yengil simptomlar yuzaga kelişi mumkin.

Şu bilan birga terlaş suyuqlik va tuzning yöqotilişiga olib kelişi mumkin, buning bilan ularning tanadagi almaşinuv balansi buzilişi mumkin.

Issiq urişining belgilari:

  • boş aylanişi;
  • köngil aynişi;
  • huşdan ketiş;
  • boş oğriği;
  • muşakning oğriqli qisqarişi;
  • boş oğriği;
  • çarçoq;
  • sovuq, rangpar teri holati.

Xavfli tomoni: agar qon bosimi juda pasaysa, yurak xuruji xavfi ham ortadi.

Bizning tanamiz qahraton qiş yo saraton bölişidan qat’i nazar özini 37 darajada saqlab turişga harakat qiladi. Biroq agar havo öta isib ketsa, tana özining haroratini tuşiriş uçun zöriqib işlay boşlaydi. Bu jarayonda tana özini sovutiş uçun teriga yaqin joylaşgan qon tomirlarini oçadi va terlaş jarayoni hosil böladi, şuning bilan tana sovuydi.

Qanday qilib issiqda xavfsiz böliş mumkin?

  • Yengil va keng kiyimlarni tanlang;
  • Imkon qadar konditsionerli joyda böling;
  • Agar uyingizda konditsioner bölmasa, savdo markazi yoki kutubxonalarga boring;
  • Spirtli içimliklarni çeklang, suv köproq içing;
  • Taşqaridagi işlar miqdorini kamaytiring, havo salqin payti köçaga çiqing;
  • Quyoşdan himoyalovçi kremlar işlating.

Issiqda uxlaşdan qiynaladiganlar nima qilişi mumkin?