Anqara şahriga taşrif doirasida Şavkat Mirziyoyevni Turkiya Respublikasi nişoni bilan taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Qardoş mamlakatning oliy davlat mukofotini Özbekiston rahbariga Rajab Toyyib Erdöğan tantanali ravişda topşirdi.

“Bugun, mamlakatlarimiz örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklikni çuqurlaştiriş töğrisidagi deklaratsiya imzolangan kunda Turkiya Respublikasining bunday yuksak mukofotini oliş men uçun katta şarafdir. Uşbu mukofot xalqlarimiz örtasidagi köp asrlik döstlik riştalari, oliy darajadagi işonçli muloqot hamda ikki tomonlama köp qirrali munosabatlarning jadal rivojlanişining ramzidir, – dedi davlatimiz rahbari.

Ma’lumot uçun, mazkur oliy mukofot Turkiya Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Turkiya bilan döstona munosabatlarni rivojlantirişga katta hissa qöşgan davlat arboblariga beriladi.













