AQŞ prezidenti Jo Bayden Ukraina uçun 225 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini va’da qildi, deb xabar bermoqda NBC.
Fransiyada Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuv çoğida Bayden AQŞning harbiy yordami keçikkani va bu Rossiya jang maydonida muvaffaqiyatga erişişiga sabab bölgani uçun ilk bor uzr söragan. Şuningdek, u ukrainlar prezidentini AQŞ Ukrainani qöllab-quvvatlaşda davom etişiga işontirgan.
«Moliyalaştiriş masalasidagi tuşunmovçiliklar haftasi uçun uzr sörayman, çunki bizda bu vositalar böyiça qonun loyihasini qabul qilişda muammolar böldi, uning qabul qilinişiga tösqinlik qilgan ayrim öta konservativ a’zolarimiz tufayli, ammo biz öz maqsadimizga erişdik», — degan Bayden.
Zelenskiy bunga javoban yordam uçun minnatdorçilik bildirgan.
Associated Press ma’lumotiga köra, yangi harbiy yordam paketidan Stinger, Javelin va TOW tizimlari, AT-4 granatomyotlari, M113 rusumli zirhli transportyorlar, M777 gaubitsalari uçun 155 mm kalibrli snaryadlar, HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimlari va HAWK zenit-raketa komplekslari uçun öq-dorilar, şuningdek minomyot tizimlari va artilleriya snaryadlari örin oladi.
Bularning barçasi AQŞ harbiy omborlaridan ajratiladi.
- AQŞ kongressi 2023 yil kuzida Ukraina uçun 61 milliard dollarlik harbiy yordam ajratişni ham közda tutuvçi milliy xavfsizlik böyiça qonun loyihasi böyiça kelişa olmagandi. Hujjat faqat 2024 yil aprel oyiga kelib qabul qilindi. Qonun loyihasini qabul qiliş keçikkani tufayli Ukraina qurolli kuçlari öq-dori yetişmovçiligi muammosiga uçradi, RF qurolli kuçlari esa bundan foydalanib qator yönalişlarda ilgarilaşga erişdi.









