Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Isroilni «qurolli töqnaşuv zonalarida bolalarga zarar yetkazadigan» davlatlar va taşkilotlarning qora röyxatiga kiritişga qaror qildi.

Israel National News xabariga köra, BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Isroilning AQŞdagi harbiy attaşesi general Xedi Zilbermanni taşkilot qarori haqida xabardor qilgan.

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti rahbari generalga Isroil IŞID, «Al-Qoida», «Boko-Haram» terrorçi taşkilotlari bilan bir röyxatda bölişini ma’lum qildi. 

Isroilning Guterrişni bunday harakatdan voz keçişga köndiriş urinişlari muvaffaqiyatsizlikka uçragani xabar qilinadi. Kelgusi hafta BMT «qurolli mojaro zonalarida bolalarga zarar yetkazuvçi» mamlakatlar va taşkilotlarning yangilangan qora röyxatini e’lon qiladi, ular orasida Isroil ham bor. 

Taxminlarga köra, röyxatda Isroil davlatining nomi aniq tilga olinmaydi va BMT vaziyatda aybdor sifatida «Isroil armiyasi»ni belgilaydi. 

Ğazo sektorida har 10 daqiqada bir bola halok böladi yoki yaralanadi

2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning Ğazo sektorida davom etayotgan hujumlari natijasida 36 586 falastinlik, jumladan 10 171 ayol va kamida 15 328 bola halok böldi, yana 83 074 nafar falastinlik yaralandi. 

BMT ma’lumotlariga köra, Ğazo sektorida har 10 daqiqada bir bola halok böladi yoki yaralanadi.

Ğazo sektori hukumati matbuot xizmatining 3 iyun kuni ma’lum qilişiça, eksklavdagi 3500 nafar bola oçlik tufayli ölim xavfiga duç kelgan.